Yo'nalish va manzil ko'rsatkichlari1 / 16 · Yangi belgi
BELGINI O'RGANING
5.20.1

Yoʻnalishlarning dastlabki koʻrsatkichi

Belgida koʻrsatilgan aholi punkti va boshqa manzillarga harakatlanish yoʻnalishini bildiradi. Belgida 5.29.1 belgisining hamda avtomagistral, aeroport va boshqa ramziy belgilar tasviri tushirilgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisida harakatlanish tartibining xususiyatlari toʻgʻrisida axborot beruvchi boshqa belgilarning tasviri ham tushgan boʻlishi mumkin. 5.20.1 belgisining past qismida belgi oʻrnatilgan joydan chorrahagacha boʻlgan masofa koʻrsatiladi. 5.20.1 belgisi yoʻlning 3.11 — 3.15 taqiqlovchi belgilaridan biri oʻrnatilgan qismlarini aylanib oʻtish yoʻnalishini koʻrsatish uchun ham qoʻllanadi.

HAYDOVCHI NIMA QILADI?

Belgidagi yo'nalish, rejim yoki obyekt haqidagi axborotga muvofiq oldindan harakat rejasini tanlang.

YHQ 1-ilovasi, 5.20.1