Harakatlanish toʻgʻriga
Faqat belgilarda koʻrsatilgan koʻrsatkichlar yoʻnalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yoʻnalishiga tegishli koʻrsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qoʻllash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining taʼsiri yoʻnalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yoʻl belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin oʻrnatilsa, belgining taʼsiri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yoʻlning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining taʼsiri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yoʻlga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.
Belgi ko'rsatgan yo'nalish yoki harakat tartibini bajaring.