Maxsus yo'laklar va rejimlar1 / 14 · Yangi belgi
4.4
Yengil avtomobillar harakati
Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yoʻnalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻliq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining taʼsir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
HAYDOVCHI NIMA QILADI?
Belgi ko'rsatgan yo'nalish yoki harakat tartibini bajaring.