Izoh: YHQ 3-ilovasi 7.10-bandiga asosan: Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa ulardan foydalanish taqiqlanadi: M2, M3 toifadagi — favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg'acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta o't o'chirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi — yo'lovchilar salonida), majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M1, N1, N2, N3 toifadagi, mikroavtobus va g'ildirakli traktorlarda tibbiyot qutichasi, o't o'chirgich, majburiy to'xtaganligini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet); M3, N2, N3 toifadagi — o'zi yurib ketishidan saqlovchi, g'ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak; O toifadagi, traktorlar, aravalar va boshqa o'ziyurar mashinalarda — tashqi nur qaytargichlar; kajavali mototsikllarda — tibbiyot qutichasi, majburiy to'xtaganligini bildiruvchi belgi.