105

Bilet 105

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

2

Bu yo'l belgisi qanday nomlanadi?

Savol 2
Piyodalarning trotuardan yurishi mumkin bo'lgan hudud
Piyodalarning yo'l yoqasidan yurishi mumkin bo'lgan hududTo'g'ri
Piyodalarning qatnov qismidan yurishi mumkin bo'lgan hudud

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.35 “Piyodalarning yo'l yoqasidan yurishi mumkin bo'lgan hudud”

Bu savol haqida batafsil →
3

Belgilardan qaysi biri er usti avtomobil quyish joyini bildiradi?

Savol 3
3
2
1To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.15.2 Yer usti avtomobil qo'yish joyi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Quyidagi belgilardan qaysi biri yengil avtomobillar harakati deb nomlanadi?

Savol 4
4
2To'g'ri
3
1

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.4. “Yengil avtomobillar harakati”. Yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, mopedlar, skuterlar, belgilangan yo'nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta’sir oralig'ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ko'rsatilgan belgilardan qaysi biri bolalar deb nomlanadi?

Savol 5
3
1
2To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.21. “Bolalar”. Bolalar muassasasi (maktablar, bolalarning dam olish maskanlari va shunga o'xshashlar)ga yaqin yo'lning qatnov qismidan bolalarning chiqib qolish ehtimolini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi yo'nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Savol 6
Faqat to'rigaTo'g'ri
Faqat chapga
O'nga, chapga va orqaga qayrilib olishga
Chapga va orqaga qayrilib olishga

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.6. “Harakatlanish o'ngga yoki chapga”. Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta’siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta’siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qaysi rasmda piyoda(lar) yo'lni qoidani buzgan holda kesib o'tmoqda?

Savol 8
Ikkinchi rasmda
Ikkinchi va uchinchi rasmlarda
Uchinchi va to'rtinchi rasmlarda
Ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi rasmlarda
Uchinchi rasmdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Quyidagi ta'rif “transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish)“ qaysi atamaga tegishli?

To'xtashTo'g'ri
To'xtab turish
Majburiy to'xtash
Yo'l berish

Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: to'xtash — transport vositasi harakatini 10 daqiqagacha bo'lgan muddatga to'xtatish (harakatsiz holatga keltirish);

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi avtomobil haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 10
Yashil avtomobil haydovchisi
Ko'k avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.38. “Turar joy dahasi”. Yo'l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'l. YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →