103

Bilet 103

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Mazkur yo'l belgisi:

Savol 1
Mavsumiy belgi hisoblanadi
Doimiy belgi hisoblanadi
Vaqtinchalik belgi hisoblanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo'l belgilari vaqtincha yo'l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo'l belgilari sariq rangda bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu yo'l belgisi qanday nomlanadi:

Savol 2
Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuvTo'g'ri
Bir izli temir yo'l kesishmasi
Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.4.1 — 1.4.6. “Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv”. Aholi punktlaridan tashqarida temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo'shimcha ogohlantirish beradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu belgilaridan qaysilari vaqtinchalik yo'l belgilari hisoblanadi:

Savol 3
«2» va «3»To'g'ri
«1» va «4»
«З» va «4»

Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo'l belgilari vaqtincha yo'l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo'l belgilari sariq rangda bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qanday hollarda quvib o'tish taqiqlanadi?

Tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarda
Tartibga solingan chorrahalarda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Tartibga solinmagan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yoʻl o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

Bu savol haqida batafsil →
5

Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini (kanstruksiyasida xavfsizlik kamari nazarda tutilgan transport vositalarida)taqmaslikga ruxsat beriladi:

Sanab o'tilgan barcha hollarda
Homilador ayollarga
Avtomobilning orqa o'rindiqdagi 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga
Orqaga harakatni amalga oshiryotgan haydovchilarga
F1 va F2 javoblar to'g'riTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-bobi 9-bandi: Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi: avtomobilning orqa o'rindig'idagi 12 yoshgacha bo'lgan bolalar (ushbu Qoidalarning 159-bandiga muvofiq); homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro'yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo'yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo'lganda);

Bu savol haqida batafsil →
6

Bu belgilardan qaysi biri maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldida o'rnatiladi?

Savol 6
«А»
«Б»To'g'ri
«В»

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.46 “Maktab”. Maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Velosipedlarda yuk tashilganda gabaritidan bo'yiga va eniga qanchadan ortiq chiqib tursa, yuk tashish taqiqlanadi?

0.3 m
1 m
0.5 mTo'g'ri
0.4 m

Izoh: YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: rulni ushlamasdan yoki bir qo'lda ushlab harakatlanish (manyovrdan oldin ishoralar berish bundan mustasno); odam tashish (ishonchli oyoq qo'ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan bolani tashish bundan mustasno); gabaritidan bo'yiga va eniga 0,5 metrdan ortiq chiqib turgan yoki boshqarishga xalaqit beradigan yuklarni tashish;

Bu savol haqida batafsil →
8

Qaysi yo'nalish bo'yicha harakatlanishga ruxsat beriladi?

Savol 8
«A» «Б» «В»
«Г»To'g'ri
«A» «Б» «Г»

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandi: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma’noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta’sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma’noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. YHQ 1 ilova: 3.18.2. “Chapga burilish taqiqlanadi”.

Bu savol haqida batafsil →
9

Chorrahadan chapga burilmoqchisiz, sizning harakatingiz:

Savol 9
Tramvayga yo'l berish
«Т» simon svetoforning ruxsat beradigan ishorasini kutish va tramvayga yo'l berib chapga chiqish
Chorrahadan birinchi o'tishTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi. Yengil avtomobl chorrahadan birinchi o'tadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Mayoqchasi yoqilgan transport vositasiga harakatni to'g'riga davom ettirishga ruxsat beriladimi?

Savol 10
Ruxsat beriladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →