100

Bilet 100

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Tartibga solinmagan chorrahada qaysi belgi albatta to'xtashni talab qiladi?

Savol 1
Hammasi
Faqat «A»
Faqat «Б»To'g'ri
Faqat «Б» va «B»

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.5. «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi. To'xtash chizig'i oldida, agar u boʻlmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻ'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi transport vositalari yo'nalishli transport vositalari hisoblanadi?

Belgilangan yo'nalishi va bekatlari bo'lgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi)To'g'ri
Yo'lovchilarni tashuvchi istalgan transport vositalari
Avtobuslar

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Yo'nalishli transport vositasi — belgilangan yoʻnalishi va bekatlari boʻlgan, yo'lovchi tashish uchun mo'ljallangan umum foydalanishdagi transport vositalari (trolleybus, tramvay, avtobus, yo'nalishli taksi).

Bu savol haqida batafsil →
3

Chorrahdan birinchi bo'lib kesib o'tadi

Savol 3
Qizil avtomobil
Ko'k avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lsa haydovchilar qanday holatlarda qat'iy tasmalar bo'yicha harakatlanishlari kerak?

Faqat harakatlanish serqatnov bo'lganda
Faqat harakatlanish tasmalari uzluksiz sidirg'a chiziqlar bilan ajratilgan bo'lsa
Barcha holatlardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ko'rsatilgan belgilardan qaysilarining talabi bevosita o'rnatilgan joyidan kuchga kiradi?

Savol 5
«Б»
Hammasi
«A» va «Б»To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova: 3.24 yo'l belgisi belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo'lmagan aholi punktlarida aholi yashaydigan hududning oxirigacha ta'sir qiladi (“B”). Belgining ta'sir doirasi 7.2.1 qo'shimcha axborot belgisi bilan aniqlashtirilishi mumkin (“A”). Bunda belgining tasir doirasi belgi o'rnatilgan joydan 100 m gacha davom yetadi. (“V”) belgi ostidagi 7.1.1 «Ob'ektgacha bo'lgan masofa» qo'shimcha axborot belgisi belgi oʻrnatilgan joydan tasir doirasi kuchga kiradigan joygacha boʻlgan masofani bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Chorrahadan ikkinchi bo'lib qaysi transport vositasi kesib o'tadi?

Savol 6
Yashil avtomobil
Yashil avtomobil tramvay bilan bir vaqtdaTo'g'ri
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandi: Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Asosiy yo'l -

Ikki tasmali yo'lga nisbatan uch yoki undan ko'p tasmali yo'l
Barcha javoblar to'g'ri
Tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan) yo'lTo'g'ri
Toshli yo'lga nisbatan asfalt qoplamali yo'l

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1— 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari ishlayotmagan transport vositasi harakatini davom ettirishi taqiqlanadi:

Faqat kunning qorong'i vaqtida
Barcha javoblarda ko'rsatilgan holatlardaTo'g'ri
Faqat yetarli ko'rinmaslikda

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandi: Haydovchiga tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz boʻlgan, qorong'i vaqtda yoki yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda — old chiroqlar va orqa gabarit chiroqlari bo'lmagan yoki yonmayotgan, yomg'ir, qor yogʻayotgan vaqtda haydovchi tomonidagi oyna tozalagich ishlamayotgan transport vositalarini boshqarish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qaysi belgi tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Savol 9
«A» va «Б»
Hammasi
«A»To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.20. «Piyodalar o'tish joyi».

Bu savol haqida batafsil →
10

Yengil avtomobilning tormoz yo'li tormoz tizimiga ega bo'lmagan tirkama bilan harakatlanayotganda qanday o'zgaradi?

Kamayadi, chunki tirkama harakatlanishga qo'shimcha qarshilik ko'rsatadi
OrtadiTo'g'ri
O'zgarmaydi

Izoh: Avtomobilni tirkama bilan haydash ma'lum bir ko'nikma talab qiladi. Tormoz yo'li ortadi.

Bu savol haqida batafsil →