106

Bilet 106

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi rasmda piyodalar qatnav qismida qoidani buzmay harakatlanmoqda?

Savol 1
O'ngdagi rasmdaTo'g'ri
Chapdagi rasmda
Ikkala rasmda

Izoh: YHQ 4-bobi 15-bandi: Qatnov qismi chetida harakatlanayotgan piyodalar transport vositalarining harakatlanishiga qarama-qarshi yo'nalishda yurishlari kerak. Nogironlarning dvigatelsiz aravachasida harakatlanayotgan, mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter, velosiped va individual harakatlanish vositalarini yetaklab ketayotgan shaxslar esa bunday hollarda transport vositalarining harakatlanish yo'nalishi bo'ylab yurishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgi nimani bildiradi?

Savol 2
Tuxtab turish joyiga borishni
Navbat bilan o'tishniTo'g'ri
Oldinda tirbandlik borligini

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.23. “Navbat bilan o'tish”.

Bu savol haqida batafsil →
3

Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasini bor - yo'qligini aniqlay olmasa (qorong'i vaqt, loy, qor) va imtiyoz belgilari bo'lmasa ?

O'zini asosiy yo'lda deb hisoblashi kerak
O'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerakTo'g'ri
Teng ahamyatli yo'llar kesishgan chorrahada deb hisoblashi kerak

Izoh: YHQ 16-bobi 108-bandi: Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa (qorong'i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi haydovchi belgi talabini buzmay to'xtadi?

Savol 4
Har ikkisi buzdiTo'g'ri
Yuk avtomobil
Har ikkisi ham buzmadi
Yengil avtomobil

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.5. “To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan”. To'xtash chizig'i oldida, agar u bo'lmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qo'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ogohlantiruvchi belgilarni toping

Savol 5
1,2,4,5
Hammasi
4,5To'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.19. “Ikki tomonlama harakatlanish”. Yo'lning (qatnov qismining) qarama-qarshi harakatlanish qismi boshlanishini bildiradi. YHQ 1 ilova: 1.6. “Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi”.

Bu savol haqida batafsil →
6

Harakatlanish qaysi yo'nalishga ruxsat etilgan?

Savol 6
Barcha yo'nalishda ruxsat etiladi
Harakatlanish taqiqlanadiTo'g'ri
Faqat to'g'riga va o'ngga
Faqat to'g'riga

Izoh: YHQ 7-bobi 36-bandi: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma bo'ylab harakatlanayotgan boshqa yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun “T” harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi o'ngga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bu taniqlik belgisi o'rnatiladi:

Savol 7
Haydovchi staji 2 yildan kam bo'lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarigaTo'g'ri
Vaqtinchalik ta'mirlash ishlari olib borilayotgan yo'l qismlariga
Portlovchi va tez alangalanuvchi yukni tashiyotgan transport vositalariga

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandi: “Haydovchilikni endi boshlagan” — “Haydovchilik malakasi yetarli bo'lmagan” haydovchilik staji 2 yildan kam bo'lgan haydovchilar boshqarayotgan mexanik transport vositalarining (traktorlar, o'ziyurar mashinalar mototsikl, elektromototsikllar, mopedlar va skuterlardan tashqari) orqasida — ichiga qora rangli 110 millimetr balandlikdagi “!” belgisining tasviri tushirilgan, sariq rangli, tomonlari 150 millimetr bo'lgan kvadrat ko'rinishidagi belgi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qoidalarda nechta asosiy tushuncha va atamalardan foydalaniladi?

65 ta
56 ta
76 taTo'g'ri

Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6-bandi: avariya holatini yuzaga keltirish, avtomagistral, avtopoyezd va boshqalar (umumiy 76 ta).

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu vaziyatda qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 9
Qizil avtomobil haydovchisiTo'g'ri
Oq avtomobil haydovchisi

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Ushbu vaziyatda kim yo'l berishi kerak?

Savol 10
Mikroavtobus haydovchisi
Yengil avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →