Bilet 87
YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan
Ushbu belgi nimani bidiradi?

Izoh: YHQ, 1.31. «Sun’iy yo'l notekisligi» belgisi.
Mexanik transport vositasi - bu ...
Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi. Bu atama barcha traktor va o'zi yurar moslamalarga ham taalluqlidir.
Tezlik ortishi bilan haydovchining ko'rish maydoni qanday o'zgaradi?
Izoh: Tezlikni oshirganda haydovchining kurish maydoni torayadi sabab shiddat bilan utayotgan masofani haydovchi barchasini kabul kila olmaydi, kamray olmaydi chunki u vaziyatni baxolashi kerak. Katta tezlikda haydovchi ulgurmaydi.
Tormoz yo'li deb nimga aytiladi?
Izoh: To'xtash yo'li deb haydovchining biror bir xatarni sezib, to transport vositasini to'liq to'xtatgunga qadar bosib o'tilgan masofaga aytiladi. To'xtash yo'li o'z ichiga haydovchining reaksiya vaqtida, tormoz tizimining ishga tushish vaqtini va tormoz yo'lini o'z ichiga oladi.
Ushbu holatda ko'k avtomobil haydovchisi kimga yo'l berishi lozim?

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat’i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
Ushbu belgilardan qaysi biri «Notekis yo'l» deb nomlanadi?

Izoh: YHQ, 1.16. «Yo'l notekisligi» belgisi.
Aholi punktlaridan tashqarida tirkamali yuk avtomabillari qanday yuqori tezlik bilan harakatlanishi mumkin?
Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandi: Aholi punktlaridan tashqarida: tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.
Yo'l harakati qodalariga ko'ra yo'l belgilari necha guruhga bo'linadi?
Izoh: Ogohlantiruvchi belgilar Imtiyoz belgilari Taqiqlovchi belgilar Buyuruvchi belgilar Axborot-ko'rsatgich belgilari Servis belgilari Qo'shimcha axborot belgilari
Yengil avtomobil qaysi yo'nalishlarda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Izoh: YHQ, 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan transport vositalariga tatbiq etiladi.