16

Bilet 16

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qisman ortish usuli bilan avtomobilni shatakka olishda yo'lovchilar qayerda bo'lishlari mumkin?

Shatakka olingan avtomobilning kabinasida
Har ikki avtomobilning kabinasida
Shatakka oluvchi avtomobilning kuzovida
Shatakka oluvchi avtomobilning kabinasidaTo'g'ri

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi javobda ruxsat berilgan harakat yo'nalishi to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 2
Faqat to'g'rigaTo'g'ri
To'g'riga va orqaga burilish
Faqat orqaga burilish

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining oʻttiz yettinchi (oxirgi) xatboshisiga asosan: Vaqtinchalik (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilari ma'no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
3

«To'xtash taqiqlangan» belgisi bilan birga bordyurning usti bo'ylab uzluksiz sariq chiziq chizilgan joyda yo'lovchilarni tushirishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari yo'q bo'lganda ruxsat etiladi
Ruxsat etiladi
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Temir yo'l izlarini qayerda kesib o'tishga ruxsat etiladi?

Ko'rinish ikkala yo'nalishda 1000 metrdan kam bo'lmagan joylarda
Temir yo'l bekatiga 1000 metrdan kam bo'lmagan masofada
Kesib o'tish uchun belgilab qo'yilgan joylardaTo'g'ri
Haydovchining nuqtai nazaricha eng qulay joylarda

Izoh: YHQ 18-bobi 116-bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yo'llarni faqat temir yo'l kesishmalari orqali poezd (lokomotiv, drezina) larga yo'l berib kesib o'tishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
5

Chorrahadan ikkinchi bo'lib o'tadi:

Savol 5
Ko'k avtomobil sariq bilan bir vaqtdaTo'g'ri
Qizil avtomobil
Yashil avtomobil sariq bilan bir vaqtda

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qat'i nazar, asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'lda qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi holda avtomobilning ag'anab ketishiga qarshi turg'unligi ortadi?

Savol 6
Og'irlik markazi pastda joylashgandaTo'g'ri
Og'irlik markazi o'ngga siljiganda
Og'irlik markazi balandda joylashganda

Izoh: Burilishlarda yo'lovchisi va yuki bo'lmagan avtomobillar ko'proq muvozanat saqlab qoladi, chunki bunday avtomobilda og'irlik markazi eng pastda joylashgan bo'lib, eng kam ag'darilish jihatiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Hamma tasmalar band bo'lgan serqatnov harakatlanish vaqtida qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Faqat harakatlanish uchun tasmalari uchtadan kam bo'lmagan yo'llarda ruxsat etiladi
Faqat chorrahalarda ruxsat etiladi
Istalgan paytda ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchi qayta tizilishdan va harakatlanish yo'nalishini o'zgartirishdan oldin nima qilishi zarur?

Ko'rsatilgan barcha harakatlarni bajarishi
Aholi punktidan tashqarida tovush ishora berishi
Chapga burilish haqida ogohlantirish ishorasi berishi va hech kimga xalaqit bermasligi haqida ishonch hosil qilishi
Ushbu manyovr xavfsiz bo'lishiga va harakatlanishning boshqa qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishiTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 53-bandiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlash, yo'nalishni o'zgartirish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib oʻtish va aylanib o'tish) va to'xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Tos suyaklari singanda birinchi yordam qanday ko'rsatiladi?

Zararlangan joyni qattiq bog'lash, shikastlanganni yarim o'tirgan holatga keltirish
Shikastlanganni qattiq tekis yuzaga yotqizish, bukilgan va ikki tomonga kerilgan tizzalarining bo'g'inlari ostiga g'o'la shaklida o'ram qo'yishTo'g'ri
Shikastlanganni qattiq yuzaga orqasi bilan yotqizish, zararlangan joylarga qaynoq isitgich qo'yish

Izoh: Tos suyagi singanda jabrlanuvchi tekislikka yotqiziladi, oyoqlarni tizzalarida bukib, tagiga valik (g'o'la shakldagi o'ram) qo'yiladi. Shu holatda jabrlanuvchi davolash muassasasiga olib boriladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Sanab o'tilgan shartlarning qaysi birida transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi?

Sanab o'tilgan hamma sharoitlardaTo'g'ri
Oyna tozalagichlar belgilangan tartibda ishlamaydi
Ishlab chiqargan korxona tomonidan ko'zda tutilgan orqa himoya vositasi loyto'sgich va sachratmagichlar bo'lmasa
Ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimi nosoz

Izoh: YHQ 3-ilovasi 4-Bo'limining 4.1-bandiga asosan: Oyna tozalagich belgilangan tartibda ishlamayotgan bo'lsa taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 6-Bo'limining 6.3-bandiga asosan: ishlab chiqarilgan gazlarni chiqarib tashlash tizimi buzuq bo'lsa taqiqlanadi. YHQ 3-ilovasi 7-Bo'limining 7.7-bandiga asosan: transport vositasi konstruksiyasida koʻzda tutilgan orqa himoya vositasi, loy to'sgich va sachratmagichlar bo'lmasa.

Bu savol haqida batafsil →