15

Bilet 15

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Chorraha oldida bu belgi o'rnatilgan bo'lsa, haydovchi qanday yo'l tutishi kerak?

Savol 1
Chorrahadan o'tishda, ayniqsa, xushyor bo'lishi
Kesishadigan yo'lda transport vositalari bo'lmasa chorrahadan to'xtamay o'tishi
Kesishadigan yo'l bo'ylab harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berish uchun to'xtash chizig'ida to'xtab, u yo'q bo'lsa kesib o'tiladigan qatnov qismi chetida to'xtashiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'lim sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshlariga asosan: 2.5. «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To'xtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi yo'nalishda harakatlanish taqiqlanadi?

Savol 2
O'ngga ikkinchi yo'lgaTo'g'ri
O'ngga birinchi yo'lga
O'ngga birinchi va ikkinchi yo'llarga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bо'limining yigirma birinchi va qirq ikkinchi xatboshlariga asosan: 3.18.1. «O'ngga burilish taqiqlangan» yo'l belgisi hisoblanadi. 3.18.1 belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Yotiq chiziqning uzluksiz sariq chizig'i nimani bildiradi?

Savol 3
Belgilangan yo'nalishli transport vositalari uchun va taksi to'xtashiga ruxsat berilgan joyni
Transport vositalarining to'xtashi taqiqlangan joyniTo'g'ri
Transport vositalarining to'xtab turishi taqiqlangan joyni

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi to'siq ustidan chiziladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi yo'nalishga harakatlanish ruxsat berilgan?

Savol 4
O'ngga birinchi va ikkinchi yo'llarga
To'g'riga
O'ngga birinchi yo'lgaTo'g'ri
O'ngga ikkinchi yo'lga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, O'NG QO'LI OLDINGA UZATILGANDA, chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda, oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat etiladi. Orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalari chorrahadan qanday tartibda o'tadilar?

Savol 5
Sariq yashil bilan bir vaqtda; qizil; ko'k
Qizil; ko'k sariq bilan bir vaqtda; yashilTo'g'ri
Qizil; yashil; ko'k sariq bilan bir vaqtda

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qat'i nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yo'ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'lda qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Haydovchi manyovrni bajarishda burilish ko'rsatkichlari bilan yorug'lik ishorasini har doim ham berishi kerakmi?

Kerak emas, agar harakatlanishning boshqa qatnashchilarini chalg'itishi mumkin bo'lsaTo'g'ri
Kerak, zaruriy ehtiyot choralarini ko'rgan holda
Har doim berishi kerak

Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Ishoralar boshqa yo'l harakati ishtirokchilarini chalg'itmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Suratlarning qaysi birida quvib o'tish ko'rsatilgan?

Savol 7
«Б»
«А» ва «Б»
«A»To'g'ri

Izoh: Quvib o'tish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bogʻliq bo'lgan o'zib ketish.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchi o'z joyidan ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin, agar:

U yurgizgichni o'chirgan va orqaga siljib ketishga qarshi xavfsizlik buferini o'rnatgan bo'lsa
U yurgizgichni o'chirgan va avtomobilning to'xtab turish tormoz tizimini ulagan bo'lsa
U transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanishi yoki undan haydovchi yo'q vaqtda foydalanishga yo'l qo'ymaydigan zaruriy choralarni ko'rgan bo'lsaTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 95-bandiga asosan: Transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanib ketishini yoki oʻzi yoʻqligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina haydovchi o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
9

Son suyagi uchdan birining pastki qismi singanda, jarohatlangan odamni transportda tashish uchun taxtakach qanday qo'yiladi?

Ikkita taxtakach oyoqning ikki tomonidan to'piqdan sonning yuqorigi uchdan bir qismigacha (singan joydan 15-20 sm yuqorigacha) qo'yiladi
Ikkita taxtakach oyoqning ichki va tashqi tomonidan qo'yiladi: bittasini oyoq to'pig'idan qo'ltiqosti chuqurigacha, ikkinchisini to'piqdan chovgachaTo'g'ri
Taxtakachni sonning butun uzunligicha tos-sondan tizza bo'g'inigacha qo'yib, singan joy bint bilan qattiq bog'lab qo'yiladi

Izoh: Son suyagi singan holda ikkita taxtakach: biri - tashqari tarafda oyoq kaftidan to qo'ltiqosti chuqurigacha, boshqasi - ichki tarafda oyoq kaftidan to chovgacha qo'yiladi. Son suyagi singan holda immobilizatsiya vositasi boʻlmasa, shikastlangan oyoq sog' oyoqqa mahkamlanib qo'yiladi. Mahkamlovchi bog'ich singan suyakni siljitmasligi va jabrlanuvchiga qo'shimcha og'riq yetkazmasligi lozim. Mahkamlovchi bog'ich oyoqning sog' qismiga bog'lanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

To'xtab turish tormoz tizimi qanchadan kam bo'lgan qiyaliqda M toifadagi avtotransport vositalarini harakatsiz xolatda ushlab tura olmasa, bu transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi.

20%
24%
18%
25%To'g'ri

Izoh: YHQ 3-ilovasi 1-boʻlimining 1.6-bandiga asosan, toʻxtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: M toifa uchun 25 foizdan kam bo'lsa foydalanish taqiqlanadi. Izoh: Toʻxtab turish tormoz tizimi sinovdan o'tkazilayotgan dvigatel transmissiyadan ajratilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →