47

Bilet 47

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Harakatni boshlashdan avval shaharlararo avtobus haydovchilari nima qilishlari kerak?

Yo'lovchilarga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuntirish
Yo'lovchilarga halokat boʻlganda chiqish joylaridan foydalanish haqida tushuntirishTo'g'ri
Yo'lovchilarga harakatlanish vaqtida salon ichida yurishlari mumkun emasligi haqida tushuntirish

Izoh: YHQ 26-bobi 155-bandiga asosan: Harakatni boshlashdan oldin haydovchi yo'lovchilarga avtomobilga chiqish, undan tushish va unga joylashish tartibi haqida tushuncha berishi kerak. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yo'lovchilarni xavfsiz tashish sharoiti ta'minlanganligiga ishonch hosil qilishi kerak. Izoh: Shaharlararo avtobuslarda tor yo'laklar, eshiklarning kichikligi va boshqalar bois yo'lovchilarning evakuatsiyasi qiyinlashishi mumkin. Bunday avtobuslarda eshiklarni ochish imkoni boʻlmasa, yo'lovchilarning avariya holatlarida evakuatsiya moslamalari mavjud bo'ladi (tomdagi lyuk, olinadigan oynalar va hokazo). Shaharlararo avtobus haydovchisi harakat boshlanishidan avval yo'lovchilarga zarurat tugʻilganda halokatli chiqishlardan foydalanish haqida tushuntirib berishlari lozim.

Bu savol haqida batafsil →
2

Chorrahada harakatlanishning majburiy yo'nalishini qaysi belgi ko'rsatadi?

Savol 2
2
1
5
3
4To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining uchinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan: 4.1.3. «Harakatlanish chapga». 4.1.3 yoʻl belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga ta'sir etadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu tik chizig'i nimani bildiradi?

Savol 3
Harakatlanish tezligi 40 km/soatgacha cheklangan qismini
Yo'l inshootlarining harakatdagi transport vositalariga xavf tug'diradigan tik elementlariniTo'g'ri
Yo'llar ostin-ustun o'tadigan chorrahalarni

Izoh: YHQ 2-ilovasi 2-bo'limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 2.1 — harakatlanayotgan transport vositalariga xavf tug'diradigan yo'l inshootlarining tik elementlari (koʻpriklar, yoʻl o'tkazgich va estakadalar, ustunlar va h. k.)ni bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Transport vositalari haydovchilari avtobus yoki trolleybusga yo'l berishlari kerak:

Aholi punktlarida, agar u belgilangan to'xtash joyidan (bekatlardan) harakatni boshlasaTo'g'ri
Agar u «tig'iz» soatda marshrut bo'yicha harakat qilsa
Agar u harakatni to'xtash joyidan boshlasa

Izoh: YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. o'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
5

Harakatlanishga ruxsat etilgan barcha transport vositalari qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 5
Avtomobillar va tramvay
Barcha transport vositalari
Avtomobillar va mototsiklTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va опд yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 6
Tramvay haydovchisi
Avtomobil haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ko'k avtomobil haydovchisiga quvib o'tish ruxsat etiladimi?

Savol 7
Ruxsat etiladi, agar qizil avtomobil 40 km/soatdan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Quyidagi qaysi suratda haydovchi avtomobilni qoidaga xilof ravishda to'xtab turishga qo'ygan?

Savol 8
Barchasida
Chap va o'rtadagiTo'g'ri
Faqat chapdagi

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Sirpanchiq yo'lda yurgizgich bilan tormozlashni qo'llash orqa uzatmali avtomobil uchun:

Avtomobil turg'unligiga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydi
Avtomobil turg'unligini oshiradiTo'g'ri
Avtomobil turg'unligini kamaytiradi

Izoh: Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmagan, dvigatel bilan tormozlanishni ishlatgan hamda g'ildiraklarning blokirovkasi (sirg'anish)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtatish lozim.

Bu savol haqida batafsil →
10

Davlat YHX xizmati ruxsatisiz transport vositasining yuk bilan yoki yuksiz harakatlanishiga qanday yuqori maksimal kenglikda yo'l qo'yiladi?

4,0 m
2,55 mTo'g'ri
5,0 m
2,0 m
3,8 m

Izoh: YHQ 27-bobi 164-Bandga asosan: Katta hajmli va og'ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo'lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.

Bu savol haqida batafsil →