48

Bilet 48

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Savol 1
Uchinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilanTo'g'ri
Birinchi bo'lib ayni bir vaqtda qizil bilan
Ikkinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Ko'k yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7 bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi to'xtamasdan o'tishni taqiqlaydi?

Savol 2
3
2
1
4To'g'ri
5

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining oʻn to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.17.1. «Bojxona». Bojxona (tekshiruv maskani) oldida to'xtamasdan o'tish taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu tik chizig'i nimani bildiradi?

Savol 3
Yo'lning boshqa qismlarida yo'l chetidagi to'siqlarning yon chegarasini belgilaydiTo'g'ri
Yo'naltiruvchi ustunchalar, beton yoki temir-beton ustunchalar, to'siq ustunchalari va shunga o'xshashlarni belgilaydi
Xavfli yo'l qismlarida bordyurlarni belgilaydi
Yo'lning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi yuzasini bildiradi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 2-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 2.6 — boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan koʻzi ojiz piyodalarni oʻtkazib yuborishi kerakmi?

Barcha hollarda o'tkazib yuborishi kerak, shu jumladan, piyodalar o'tish joylardan tashqarida hamTo'g'ri
Tartibga solinadigan piyodalar o'tish joyida o'tkazib yuborishi kerak
Har qanday piyodalar o'tish joyida o'tkazib yuborishi kerak
Tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyida o'tkazib yuborishi kerak

Izoh: YHQ 17-bobi 113-bandiga asosan: Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyoda(lar)ni oʻtkazib yuborishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi rasmda haydovchi to'g'ri burilmoqda?

Savol 5
O'ngdagi rasmda
Chapdagi rasmdaTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va oʻngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi avtomobil to'xtab turishga to'g'ri qo'yilgan?

Savol 6
Yuk avtomobili
Har ikkisi to'g'ri qo'yilgan
Har ikkisi noto'g'ri qo'yilganTo'g'ri
Yengil avtomobil

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ko'p bo'lgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun toʻxtashlari mumkin. YHQ 13-bobi 91-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →
7

Agar qatnov qismining kengligi chetki chap tasmadan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa, qoidalar qayrilib olishni qatnov qismining o'ng chekkasi yoki yo'lning o'ng yoqasidan amalga oshirishga yo'l qo'yadimi?

Qatnov qismining faqat o'ng chekkasidan yo'l qo'yadi. Yo'lning o'ng yoqasidan yo'l qo'yilmaydi
Yo'l qo'yiladi. Bunda qayrilib olayotgan haydovchi yo'lakay va qarama-qarshi kelayotgan transport vositalarini o'tkazib yuborishi kerakTo'g'ri
Yo'l qo'yilmaydi

Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
8

Aholi punktlarida relssiz transport vositalariga, agar bir yo'nalishda uch va undan ortiq harakatlanish tasmasi bo'lganda qaysi tasmadan harakatlanishga ruxsat etiladi? Yuk avtomobillari hisobga kirmaydi

Iloji boricha qatnov qismining o'ng chekkasiga yaqin tasma bo'yicha
Har qanday tasma bo'yicha
Chapki chekkadan tashqari har qanday tasma bo'yicha. Unga faqat boshqa tasmalarda harakat serqatnov bo'lganda, shuningdek, chapga burilish, orqaga qayrilish va bir tomonlama harakat tashkil qilingan yo'lda toʻxtash uchun o'tishga ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa tasmalar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Svetoforning bir vaqtda yoqilgan qizil va sariq ishoralari nimani bildiradi?

Savol 9
Harakatni taqiqlaydi va tezda yashil ishora yoqilishi haqida ogohlantiradiTo'g'ri
Harakatni boshlash mumkin
Chorrahaga maxsus ovoz yoki miltillovchi chiroq bilan ishora berayotgan transport vositasi yaqinlashib kelayotganligini

Izoh: YHQ 7-bobi 31-bandining yettinchi xatboshisiga asosan, svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: qizil va sariq ishoralarning bir vaqtda yonishi harakatlanishni taqiqlaydi va koʻp o'tmay yashil ishora yonishi haqida axborot beradi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Avtomobilga o'rnatilgan bu taniqlik belgi nimani bildiradi?

Savol 10
Avtomobil shifokor haydovchiga tegishli ekaniniTo'g'ri
Avtomobil uyda tibbiy yordam ko'rsatish uchun mo'ljallanganligini
Avtomobil haydovchi nogironga tegishli ekanini

Izoh: YHQ 26-bobi 176-bandining oʻn uchinchi xatboshisiga asosan: «Shifokor» — shifokor-haydovchi boshqarayotgan transport vositasining old va orqa tomoniga o'rnatiladigan, tomonlari 140 millimetr boʻlgan, koʻk rangli, to'rtburchak ichida diametri 90 millimetrli oq doiraga qalinligi 25 millimetrli qizil xoch tasviri tushirilgan belgi.

Bu savol haqida batafsil →