62

Bilet 62

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yo'l burilishlarida avtomobilning markazdan qochirma kuchi qanday hollarda oshadi?

Harakat tezligi ortishi bilanTo'g'ri
Burilish radiusi ko'payishi bilan
Harakat tezligi pasayishi bilan

Izoh: Inersiya (markazdan qochirma) kuchi avtomobilning burilish bo'ylab harakatida vujudga keladi. Bu holda u burilish markazidan qarama-qarshi yo'nalish tomon yo'naltirilgan va harakat tezligi kattalashishi hamda burilish radiusi kamayishi bilan ko'payadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Belgilardan qaysi birining belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga daxli yo'q?

Savol 2
3
1
4To'g'ri
2
5

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining o'ttiz birinchi va o'ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.27. «To'xtash taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanishini bildiradi. 3.27 belgisiga amal qilish уо па 551 transport vositalariga ta'sir qilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu joyda qayrilib olishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining beshinchi va oʻttiz to'rtinchi xatboshlariga asosan: 1.3 — toʻrt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yo'llarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi. 1.3 chizigʻini bosib o'tish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadi:

Savol 4
Yashil; qizil; ko'k
Qizil; ko'k; yashilTo'g'ri
Ko'k; yashil; qizil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng axamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qizil avtomobilning haydovchisiga shu vaziyatda piyodalar o'tish joyi orqali harakatlanishni davom ettirishga ruxsat etiladimi?

Savol 5
Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 17-bobi 110-bandiga asosan: Agar tartibga solinmagan piyodalar o'tish joyi oldida transport vositasi harakatini sekinlashtirsa yoki to'xtasa, qo'shni tasmalarda harakatlanayotgan boshqa haydovchilar bu transport vositasi oldida piyoda (lаг) yo'qligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina harakatlanishni davom ettirishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
6

Tartibga soluvchining hushtak ishorasi xizmat qiladi:

Harakat ishtirokchilarining e'tiborini jalb etish uchunTo'g'ri
Zarur hollarda <Qo'lni yuqoriga ko'tarish» ishorasining o'rnini bosish uchun
Piyodalar uchun ruxsat etuvchi ishora bo'lib

Izoh: YHQ 7-bobi 40-bandiga asosan: Yo'l harakati qatnashchilarining e'tiborini jalb etish uchun hushtak bilan qo'shimcha ishora beriladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Sanab o'tilgan joylardan qaysi birida transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanmaydi?

Kesishadigan qatnov qismlarining chetiga 30 metrdan ko'proq qolganda
Ko'priklarda, osma yo'llarda bir yo'nalishdagi harakatlanish uchun uchtadan ko'p tasma bo'lganda
Barcha ko'rsatilgan joylardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi 3-xatboshiga asosan, quyidagi joylarda to'xtash taqiqlanadi: bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
8

Quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga nima taqiqlanadi?

40 km/soatdan ortiq tezlik bilan harakat qilish
Harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti harakatlar bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilishTo'g'ri
O'z transport vositasining harakat tezligini kamaytirish bilan quvib o'tishga to'sqinlik qilish

Izoh: YHQ 12-bobi 84-bandiga asosan: Quvib o'tilayotgan transport vositasining haydovchisiga harakat tezligini oshirish yoki boshqa xatti-harakatlar bilan quvib oʻtishga to'sqinlik qilish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ko'krak qafasining ko'p qismi jarohatlanganda uni qayerdan boshlab bint bilan bog'lash kerak?

Qo'ltiq ostidan
Ko'krak qafasining quyi qismidanTo'g'ri
Ko'krak qafasining o'rtasidan

Izoh: Ko'krak qafasining keng yaralanishida jabrlanuvchiga tarang bog'ich bog'lanadi. Ко'krаk qafasining quyiroq qismlaridan boshlab bint o'raladi. Nafas chiqarish paytida mustahkamlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Sanab o'tilgan hollardan qaysi birida transport vositalaridan foydalanishga ruxsat etiladi?

M1 toifadagi avtotransport vositalarining oldingi o'qiga birinchi toifada ta'mirlangan shinalar o'rnatilganTo'g'ri
Shinalar o'lchami va yoʻl qo'yiladigan bosimi bo'yicha transport vositasining rusumiga mos emas
Transport vositasining bitta o'qiga diagonal shinalar radial shinalar bilan birga o'rnatilgan

Izoh: YHQ 3-ilovasining 5-bo'limidagi 5.7 bandiga muvofiq, transport vositalaridan foydalanishni ta'qiqlovchi shartlar: M1, M2, M3 toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi o'qiga ikkinchi ta'mirlash klassi bo'yicha qayta tiklangan shinalar o'rnatilgan bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →