61

Bilet 61

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yo'lda harakatlanishni tartibga solish uchun vakolatli shaxsda o'zi bilan bo'lishi kerak:

Tegishli guvohnoma va taniqlik belgisi - qo'l bog'ichi
Jezl
Qizil ishorali yorug'lik qaytargich qizil chiroq yoki bayroqcha
Barcha sanab o'tilgan belgilariTo'g'ri

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: tartibga soluvchi — o'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o'rinlarda — DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan ishoralar yordamida yo'l harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo'lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo'ldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yo'l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo'l bog'ichi, jezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo'lishi shart;

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi qayrilib olishga ruxsat etadi?

Savol 2
5
3
2To'g'ri
4
1

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi». Izoh: 3.18.2. «Chapga burilish taqiqlanadi» belgisi, qayrilib olishni taqiqlamaydi

Bu savol haqida batafsil →
3

Agar avtomobilning balandligi (yuki bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lsa, haydovchi:

Savol 3
DYHX xodimidan yurishga ruxsatnoma olishi kerak
Avtoxo'jalik rahbaridan yurishga ruxsat olishi kerak
Boshqa yo'nalish bo'yicha yo'l qismini aylanib o'tishi kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻn beshinchi xatboshisiga asosan: 3.13. «Cheklangan balandlik». Gabarit balandligi (yuk bilan yoki yuksiz) belgida ko'rsatilganidan ortiq bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomobillar chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 4
Yashil, ko'k, qizilTo'g'ri
Qizil, ko'k, yashil
Yashil ayni vaqtda qizil bilan, ko'k

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
5

Harakatlanishda ustunlikka ega:

Savol 5
Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga chiqqan avtobus haydovchisi
Chorrahada qayrilib olishni tugallayotgan yengil avtomobilning haydovchisiTo'g'ri
Asosiy yo'l bo'yicha chorrahaga chiqayotgan avtobusning haydovchisi

Izoh: YHQ 15-bobi 102-bandiga asosan: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yoʻnalishda harakatini davom ettirishi kerak. YHQ 15-bobi 103-bandiga asosan: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasi yonganda haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo'nalishda o'tishni tugallayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Yo'l belgilari va chiziqlarning ma'nolari bir-birini inkor etganda haydovchi qaysi biriga rioya etishi kerak?

Yo'l chiziqlariga
Yo'l belgilarigaTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining o'ttiz toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: Ko'chma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yo'l belgilari va chiziqlar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo'l belgilariga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajaryapti?

Savol 7
Yuk avtomobilining haydovchisiTo'g'ri
Yengil avtomobilning haydovchisi
Har ikkisi to'g'ri
Har ikkisi noto'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Sun'iy yoritilgan tunellarda harakatlanayotganda qoidalar mexanik transport vositasining haydovchiga qanday majburiyat yuklaydi:

Majburiy toʻxtash yoritgichini yoqishni
Uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqishniTo'g'ri
40 km/soatdan oshmaydigan tezlik bilan harakatlanishni
Tovushli xabar berishni

Izoh: YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi xatboshisiga asosan, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda, shuningdek yo'lning yoritilganligidan qat'i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo'lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.

Bu savol haqida batafsil →
9

Haydovchi keskin tormozlashda yuzaga keladigan sirpanishning oldini olish uchun qanday choralar ko'rishi kerak?

Tormoz pedalini qattiq bosishga
Ulagich pedalini bosishga
Boshlangan tormoz berishni to'xtatishgaTo'g'ri

Izoh: Avtomobilni sirpanchiq yo'lda sirpanishi, orqa g'ildiraklarini blokirovkasi sababli vujudga keladi. Bu holda birinchi navbatda surilish sababini bartaraf etish, ya'ni boshlangan tormozlanishni toʻxtatish lozim. Keyinchalik rul chambaragini surilish tomon burib, harakat yo'nalishini to'g'rilab olish mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi belgi yo'l boshi yoki oxirigacha boʻlgan masofani bildiradi?

Savol 10
2
4
5
1To'g'ri
3

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻ'limining qirq oltinchi xatboshisiga asosan: 5.28. «Kilometr belgisi». Yoʻlning boshi yoki oxirigacha bo'lgan masofani bildiradi. (km).

Bu savol haqida batafsil →