70

Bilet 70

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi transport vositasining haydovchisi quvib o'tishni to'g'ri bajarmoqda?

Savol 1
Ko'k avtomobil haydovchisi
Ikkala haydovchi to'g'ri bajarmoqda
Yashil avtomobil haydovchisiTo'g'ri
Ikkala haydovchilarga quvib o'tish taqiqlangan

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 2
Avtobus haydovchisiTo'g'ri
Traktor haydovchisi

Izoh: YHQ 1-ilova 2.7 bandi: 2.7 «Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Belgi ostidagi qo'shimcha axborot belgisi nimani anglatadi?

Savol 3
Tor qismini aylanib o'tish joyigacha masofani
Yo'lning tor qismi uzunligini
Belgidan yo'lning tor qismigacha bo'lgan masofaniTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining ikkinchi xatboshisiga asosan: 7.1.1. «Ob'ektgacha bo'lgan masofa». Belgidan yo'lning xavfli joyi, yoʻl harakatiga tegishli cheklovlar kiritiladigan joyi yoki harakat yo'nalishi boʻyicha oldindagi muayyan joygacha boʻlgan masofani ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani ikkinchi bo'lib kim kesib o'tadi?

Savol 4
Ko'k avtomobil
Qizil avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 5
Mototsikl haydovchisi
Yuk avtomobili haydovchisiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
6

Mazkur tik chiziq nimani bildiradi?

Savol 6
Yo'lning kichik radiusli burilishlardagi yo'l chetiga o'rnatilgan to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi
Boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 2-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 2.6 — boshqa joylardagi to'siqlarning yon yuzalarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
7

To'xtash va to'xtab turish quyidagi hollarda taqiqlangan:

Yo'lning xavfli burilishlarida va qatnov qismida ko'rinish masofasi 100 metrdan kam bo'lgan yo'l do'ngliklari yaqinida
Bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi va yettinchi xatboshlariga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo'lagi bo'lgan koʻprik, yoʻl o'tkazgich va estakada hamda ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan toʻxtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno); qatnov qismida ko'rinish masofasi 100 metrdan kam bo'lgan yo'l do'ngliklari yaqinida va xavfli burilishlarda;.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qishloq xo'jalik ishlari olib boriladigan dalada yuk avtomobili va traktorning harakat trayektoriyasi kesishadi. Kimga yo'l berishi kerak?

Traktor haydovchisi yuk avtomobili haydovchisiga
Yuk avtomobili haydovchisi traktor haydovchisiga
O'ng tomonidan yaqinlashayotgan transport vositasi haydovchisigaTo'g'ri
O'ng tomondagi haydovchi

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandiga asosan: Transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Transport vositasini tik qiyaliklarda uzatma ajratilgan holatda tushishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Agar yo'l yaxshi holatda bo'lsa va uzoq ko'rinib tursa tavsiya etiladi
Agar avtomobil gidrovakuum kuchaytirgichli tormozlar bilan jihozlangan bo'lsa tavsiya etiladi

Izoh: YHQ 21-bobi 130-bandiga asosan: Yoʻlning 1.13 yo'l belgisi bilan belgilangan qismida uzatma va ilashish mexanizmi (ssepleniye) ajratilgan holatda harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qoidalar transport vositalarining harakatlanishni davom ettirishni qanday hollarda taqiqlaydi?

Ressoralarning oʻzak qatlami yoki markaziy bolti shikastlansa
Kuzov (kabina) qismlari va bo'yog'iga tashqi tomondan anchagina shikast yetgan bo'lsa
Ulagich moslamasi nosoz bo'lsa (avtopoyezd tarkibida)To'g'ri

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish.

Bu savol haqida batafsil →