7

Bilet 7

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi javobda yo'lovchilar uchun chiqish va tushish maydonchasi bo'lmagan sharoitdagi yo'lovchilar chiqish va tushish joylari to'liq ko'rsatilgan?

Yo'l yoqasida yoki qatnov qismi tomonidan
Trotuar tomonidan
Trotuar yoki yo'l yoqasi tomonidanTo'g'ri
Qatnov qismi yoki trotuar tomonidan

Izoh: YHQ 5-bobi 23-bandiga asosan: Yo'lovchilar transport vositasiga Faqatu toʻla to'xtagandan soʻng trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi javobda ruxsat etilgan harakatlanish yoʻnalishlari to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 2
«Б»
«А» ва «В»
«В»
«А» ва «Б»To'g'ri
«А»

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limi: 3.18.1. «O'ngga burilish taqiqlangan» belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu yo'l belgisi qo'shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?

Savol 3
Transport vositalarining to'xtab turish joyiga avtomobilni ko'rsatilgan usulda qo'yish taqiqlanadi
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq transport vositalarining to'xtab turish joyi koʻrsatkich qatnov qismining chetida baland to'siq, toshi borligini bildiradi
Yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usuliTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 13-bob. To'xtash va toʻxtab turish: Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. 7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Belgilangan yo'nalish bo'yicha harakatlanayotgan yoʻnalishli transport vositalarining haydovchilari piyodalar o'tish joyidan tashqarida oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyodalarni o'tkazib yuborishlari kerakmi?

Barcha hollarda o'tkazib yuborishlari kerakTo'g'ri
O'tkazib yuborishlari kerak emas

Izoh: YHQ 17-bobi 113-bandiga asosan: Barcha hollarda, shu jumladan, piyodalar o'tish joylaridan tashqarida ham haydovchi oq hassa bilan ishora berayotgan ko'zi ojiz piyoda(lar)ni o'tkazib yuborishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Savol 5
Tramvay va avtomobil, mototsikl
Tramvay, mototsikl, avtomobil
Mototsikl, tramvay va avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Bu savol haqida batafsil →
6

Harakatlanish kimga ruxsat etilgan?

Savol 6
Avtomobil va mototsiklga
MototsiklgaTo'g'ri
Barcha transport vositalariga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan, tartibga soluvchining o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi;

Bu savol haqida batafsil →
7

Qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 7
Faqat to'g'riga
Faqat chapgaTo'g'ri
To'g'riga va o'ngga
Faqat o'ngga

Izoh: YHQ 3. Taqiqlovchi belgilar: 3.1. «Kirish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining kirishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Agar transport vositasi o'lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko'ra chetki holatda burilishni bajara olmagan bo'lsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yo'l qo'yiladimi?

Yo'l qo'yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta'minlab, talablardan chetga chiqishi mumkinTo'g'ri
Yo'l qo'yilmaydi
Aholi punktidan tashqaridagi yo'llarda yo'l qo'yiladi
Yo'l qo'yiladi, lekin faqat chorrahada emas

Izoh: YHQ 9-bobi 58-bandiga asosan: Agar transport vositasi o'zining gabaritlari (eng katta tashqi oʻlchamlari) yoki boshqa sabablarga ko'ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta'minlagan holda, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qo'yiladi. 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qattiq ulagich transport vositalari orasida qanchadan ortiq bo'lmagan masofani ta'minlashi kerak?

3 m
4 mTo'g'ri
5 m
6 m
2 m

Izoh: YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oraligʻida bo'lishi, qattiq ulagich yordamida shatakka olishda esa 4 metrdan koʻp bo'lmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Velosipedchilarga trotuarda harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Piyodalar bo'lmaganda ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 28-bobi 166-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →