83

Bilet 83

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Agar haydovchi keskin tormoz bermasdan harakatni to'xtata olmasa, svetoforning yashil ishorasidan keyin yongan sariq ishorasida harakatni davom ettirishga ruxsat beriladimi?

Ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 7-bobi 42-bandi: Sariq ishora yonganda yoki tartibga soluvchining qoʻli yuqoriga ko'tarilganida, ushbu Qoidalarning 41-bandida nazarda tutilgan joylarda, keskin tormoz bermasdan to'xtashga ulgura olmaydigan transport vositalarining haydovchilariga harakatni davom ettirishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu chorrahada kim yo'l beradi?

Savol 2
Mototsikl va sariq avtomobil
Ko'k avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgi velosiped yo'lkasini ko'rsatadi?

Savol 3
«B»
«C»To'g'ri
«A»

Izoh: YHQ, 1-ilova: 4.5. «Velosiped yo'lkasi». Faqat velosiped va individual harakatlanish vositalarida harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lmasa, velosiped yo'lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu belgi qaysi turdagi transport vositalarini to'xtamasdan o'tishlarini taqiqlaydi?

Savol 4
Yuk avtomobillarini
Barcha turdagi transport vositalariniTo'g'ri
Yengil avtomobillarini

Izoh: YHQ, 1-ilova: 3.17.1. «Bojxona». Bojxona (nazorat punkti) oldida toʻxtamasdan o'tib ketish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Shoking belgilari:

Kuchli ter ajralishi
Yuqoridagi barcha holatlarTo'g'ri
Og'iz qurishi, chanqoqlik, nafas olishning tezlashuvi
Teri va shilliq qavatining oqarishi

Izoh: Yuqoridagi barcha holatlar.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi belgi «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositalarining harakati taqiqlangan» deb nomlanadi?

Savol 6
«B»
«A»
«C»To'g'ri

Izoh: YHQ, 1-Ilova: 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining xarakati takiklangan».

Bu savol haqida batafsil →
7

Xavfsiz oraliq masofani ko'rsating

Savol 7
«A» va «B»
«B»
«Б»To'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 73-bandi: Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Quvib o'tishga taaluqli belgilarni ko'rsating?

Savol 8
«B» va «C»
«A» va «C»To'g'ri
«A» va «B»

Izoh: YHQ, 1-ilova: 3.20. «Quvib o'tish taqiqlangan». 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib oʻtish taqiqlangan»

Bu savol haqida batafsil →
9

Chorraha - bu ..

Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi
Yo'llarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyiTo'g'ri
Bevosita yo'lga tutashgan va transport vositalari o'tib ketishi uchun mo'ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobil to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish shoxobchalari, korxona va shunga o'xshashlar)

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Chorraha — yo'llarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan va ayriladigan joyi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama bo'lagi nima deb ataladi?

Yo'l yoqasi
Yondosh hudud
Qatnov qismi
Harakatlanish tasmasiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Harakatlanish bo'lagi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama bo'lagi.

Bu savol haqida batafsil →