82

Bilet 82

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Bosh miya jarohatlanishining asosiy alomatlari:

Yuqoridagi barcha holatlarTo'g'ri
Amneziya - xotiraning yo'qolishi sodir bo'lgan jarohatlanish bilan bog'liq va hayotidagi ba’zi voqealar xotirasidan o'chadi
Qayt qilish bir-ikki marta, og'ir holatlarda ko'proq bo'lishi mumkin
Hushdan ketish bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo'lishi mumkin

Izoh: Yuqoridagi barcha holatlar.

Bu savol haqida batafsil →
2

G'ildiraklarni yo'l bilan ilashishi yo'qolganda (kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yo'l qismlari) haydovchi:

Tormoz tepkisini keskin bosish bilan tezlikni kamaytirishi lozim
Tezlikni oshirishi lozim
Dvigatel bilan tormozlash orqali tezlikni kamaytirishi lozimTo'g'ri

Izoh: Suvda sirpanish kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlarida sodir bo'ladi bu holda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtomobilni dvigatel bilan tormozlash yaxshi samara beradi. Bahorgi, kuzgi yomg'irlar va suv toshgan yo'lning pastqam qismlarida harakatlanishda yuqoridagi usulda tomozlash tavsiya etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu ko'rsatilgan yo'llar nechta qatnov qismiga ega?

Savol 3
To'rttadan
Bittadan
Chapda bittadan, o'ngda ikkitadanTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yo'lning qiyaliklarida qisqa muddatga to'xtagan mexanik uzatmali avtomobilni joyidan to'satdan harakatlanib ketishini oldini olish uchun:

Birinchi uzatmani yoki orqauzatmani ulash lozim
To'xtab turish tormozidan foydalanish lozimTo'g'ri
Uzatmalar qutisi richagini neytral holatga o'tkazish lozim

Izoh: Yoʻlning qiyalik qismlarida to'xtaganda mexanik uzatmali avtomobillarda toʻxtab turish tormozi bilan ushlab turish maqsadga muvofiq.

Bu savol haqida batafsil →
5

To'xtab turish tormoz tizimi N toifadagi avtotransport vositalarini aslahalangan holatda qanday qiyalikda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa foydalanish taqiqlanadi?

25 foizdam kam bo'lgan
16 foizdam kam bo'lgan
31 foizdam kam bo'lganTo'g'ri
20 foizdam kam bo'lgan

Izoh: YHQ, 3-ilova, Tormoz tizimlari: 1.6.Toʻxtab turish tormoz tizimi transport vositalarini quyidagi joylarda harakatsiz holatda ushlab tura olmasa: toʻla aslahalangan holatda transport vositalarini 16 foizdan kam boʻlmagan qiyalikda; M toifa uchun 25 foiz, N toifa uchun 31 foiz.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi belgi yo'lning tor qismlarida ro'paradan kelayotgan transport vositasiga yo'l berish lozimligini bildiradi?

Savol 6
«Б»
«Б» va «B»
«Г»
«A»To'g'ri
«A» va «Г»

Izoh: YHQ, 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi».

Bu savol haqida batafsil →
7

Ko'rsatilgan yo'l belgilaridan qaysi biri taqiqlovchi belgilar ilgari kiritgan barcha cheklovlarni bekor qiladi?

Savol 7
«A» va «Б»
«B» va «Г»
Barchasi
Faqat «В»To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova: 3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Piyodalar yo'lkasi - bu ...

Yo'l qatnov qismining piyodalar kesib o'tishi uchun mo'ljallangan, 5.16.1, 5.16.2 yo'l belgilari va 1.14.1-1.14.3 yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lagi
Qatnov qismiga tutashgan yoki undan maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan va piyodalarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'l qismi
Yo'lning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismiTo'g'ri

Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6 band: Piyodalar yo'lkasi — yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu belgilardan qaysi biri haydovchining shu joydagi yashash yoki ishlash joyiga yetib borshiga monelik qilmaydi?

Savol 9
«A»
«B» va «C»
«C»To'g'ri
«B»

Izoh: YHQ 1-ilova 3.2. «Harakatlanish taqiqlangan».

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo'lgan yo'l ko'rsatilgan?

Savol 10
O'ng tarafdagisidaTo'g'ri
Har ikkisida
Chap tarafdagisida

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Bu savol haqida batafsil →