85

Bilet 85

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Quyidagi izoh qaysi atamaga tegishli? Texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish.

Yo'l transport hodisasi
Yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash
Majburiy to'xtashTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: majburiy to'xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo'lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Avtomobilni qanday boshqarish usuli yonilg'i sarfini tejaydi?

Shiddat bilan tezlanish va ohista sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va shiddat bilan sekinlashish bilan
Ohista (ravon) tezlanish va ohista sekinlashish bilanTo'g'ri

Izoh: Avtomobilning tezligini ravon orttirish va uni ohista ravon tormozlash yoqilg'i sarfini tejaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ko'rsatilgan qaysi belgi yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismini bildiradi?

Savol 3
«A» va «Б»
Faqat «B»To'g'ri
Faqat «A»

Izoh: YHQ, 1.15. «Sirpanchiq yo'l». Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi belgi falokatli holatlar uchun kirish yo'lini bildiradi?

Savol 4
«В»To'g'ri
«A» ва «Д»
«C»

Izoh: YHQ, 5.40. «Falokatli holatlar uchun kirish yo'li» belgisi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi belgi svetoforining (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to'xtaydigan joyni bildiradi?

Savol 5
«A»
«Г»
«B»To'g'ri
«Б»

Izoh: YHQ, 5.33. «To'xtash chizig'i» belgisi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Chap qo'lni yonga cho'zish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish ishorasi nimani bildiradi?

O'ngga burilishni yoki qayrilib olishni
To'xtashni
Chapga burilishni yoki qayrilib olishniTo'g'ri

Izoh: YHQ 8-bobi 45-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular bo'lmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo'lni yonga uzatish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. o'ngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga o'ng qo'lni yonga uzatish yoki chap qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qo'lni yuqoriga ko'tarib beriladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Arterial qon ketish alomatlarini ko'rsating:

Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadiTo'g'ri
Mayda qon tomirlaridan ichki a'zolarga qonning oqib chiqishi kuzatiladi
Qon tomirlaridan to'q qizil rangdagi qon sizib oqib chiqadi

Izoh: Qon tomirlaridan pushti rangli qon kuchli pulsatsiya bilan otilib chiqadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Ushbu holatda qaysi transport vositasi yo'l berishi kerak?

Savol 8
Yengil avtomobil
Yuk avtomobiliTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Sekinlashish bo'lagi bo'lgan yo'llarda burlmoqchi bo'lgan haydovchi qachon tezlikni kamaytirishi lozim?

Sekinlashish bo'lagiga o'tguncha
Sekinlashish bo'lagiga o'tgachTo'g'ri

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandi: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qattiq ulagichda shatakka olingan avtobusda yoki trolleybusda odam tashishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandi: Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →