❓ YHQ Savoli

Chap qo'lni yonga cho'zish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish ishorasi nimani bildiradi?

O'ngga burilishni yoki qayrilib olishni
To'xtashni
Chapga burilishni yoki qayrilib olishni

Izoh: YHQ 8-bobi 45-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yo'nalishni ko'rsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular bo'lmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart. Chapga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga chap qo'lni yonga uzatish yoki o'ng qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. o'ngga burilish (qayrilib olish)ni bildiruvchi ishoraga o'ng qo'lni yonga uzatish yoki chap qo'lni tirsakdan to'g'ri burchak ostida bukib, yuqoriga ko'tarish mos keladi. To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qo'lni yuqoriga ko'tarib beriladi.