89

Bilet 89

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

M2 toifadagi avtotransport vositalarining boshqaruv qurilmasidagi qanday eng katta lyuft yig'indisiga yo'l qo'yiladi?

10 gradus
25 gradus
20 gradusTo'g'ri

Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Bu savol haqida batafsil →
2

Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi:

5 km/s
40 km/s
30 km/s
20 km/sTo'g'ri

Izoh: YHQ 11-bobi 78-bandi: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo'l belgilari o'rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yetmasdan va o'tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Kunning qorong'i vaqtida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi tezlikni tanlashda qanday eng asosiy hal qiluvchi omilni e'tiborga olishi kerak?

Transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'rsatilgan tezlik chegarasini
Ko'rinish sharoitiniTo'g'ri
Yo'l harakati qoidalari o'rnatilgan tezlik chegaralarini

Izoh: Kunning qorong'i vaqtida harakatlanishda tezlikni toʻg'ri tanlash asosiy masala hisoblanadi. Yoʻlning ko'rinish masofasi to'xtash yo'lidan oshmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
4

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqasi bor bo'lgan yo'l ko'rsatilgan?

Savol 4
Chapda
O'ngdaTo'g'ri
Har ikkisida

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ushbu chorrahada avtobus haydovchisi kimga yo'l berishi kerak?

Savol 5
Ko'k avtomobilgaTo'g'ri
Qizil avtomobilga
Hech kimga

Izoh: YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Agar avtomobilning o'ng g'ildiraklari nam qoplamali yo'l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi:

Avtomobilni tormozlab, yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish
Avtomobilni tormozlamasdan yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burishTo'g'ri
Avtomobilni tormozlash va to'liq to'xtatish

Izoh: Bunday holatda avtomobilni moment kuchlar burib yuborishga moyil bo'ladi, shuning uchun Avtomobilni tormozlamasdan yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish usulni qo'llang.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ushbu qo'shimcha axborot yo'l belgisi bildiradi:

Savol 7
Barcha turdagi transport vositalarining to'xtab turish uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usuliniTo'g'ri
Mexanik transport vositalarining to'xtab turish joyini
Yengil avtomobillarning to'xtab turish joyini

Izoh: YHQ, 1 ilova: 7.6.1. «Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Aylanma harakatlanish chorrahasida ...

Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga ega)To'g'ri
Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka (imtiyozga ega)

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari bilan boshqariladigan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Muskul va paylarning ezilishi hamda cho'zilishi alomatlari qanday?

Jarohatlangan joyda shish paydo bo'ladi, og'riq seziladi, ba'zan shu joyda mayda kappiliyar qon tomirlari yorilib, qon quyilishni natijasida ko'karish paydo bo'ladiTo'g'ri
Jarohatlangan joyda og'riq seziladi

Izoh: Jarohatlangan joyda shish paydo bo'ladi, og'riq seziladi, ba'zan shu joyda mayda kappiliyar qin tomirlari yorilib, qon quyilishni natijasida ko'karish paydo bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Chapga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyodalarga yo'l berishi kerakmi?

Ha, agarda piyodalar o'tish joyi bo'lsa
Ha, barcha hollarda o'tkazishi kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 14-bobi 96-bandi: Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yo'l berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →