9

Bilet 9

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi transport vositalariga ko'rsatilgan yo'nalishlar bo'yicha harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 1
Avtomobil va mototsikl haydovchisi
Avtomobil haydovchisiga
Tramvay va avtomobil haydovchisigaTo'g'ri

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Avtomobillarga qaysi yo'nalishda harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 2
Qizil avtomobilga - to'g'riga, ko'k avtomobilga - to'g'riga va chapga
Qizil va ko'k avtomobilga - to'g'riga
Qizil avtomobilga – to'g'riga, ko'kka - chapga va qayrilib olishgaTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi. Boshqa hollarda yuk avtomobillariga yo'lning chetki chap qatorida harakatlanish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Ushbu holatda quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 3
TaqiqlanadiTo'g'ri
Ruxsat etiladi
Agar quvib o'tilayotgan transport vositasi 40 km/ soadan kam tezlik bilan harakatlanayotgan bo'lsa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi xatboshisiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish bo'lagi chegarasini bildiradi; yo'lning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi; transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi. YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻttiz to'rtinchi xatboshisiga asosan: 1.1 va 1.3 chiziqlarini bosib o'tish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qo'llanilgan 1.1 chizig'i bundan mustasno.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu svetofor qaysi harakatlanishni tartibga solish uchun qo'llanadi?

Savol 4
Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama qarshi tomonga o'zgaradigan tasmalar bo'yichaTo'g'ri
Faqat belgilangan yo'nalishdagi transport vositalari uchun mo'ljallangan tasma bo'yicha
Qatnov qismining butun kengligi bo'yicha

Izoh: YHQ 7-bobi 35-bandiga asosan: Qatnov qismidagi harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan tasmalarida transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun X-simon qizil ishorali va pastga yo'nalgan ko'rsatkich ko'rinishidagi yashil ishorali reversiv svetoforlar qo'llaniladi. Bu ishoralar qaysi tasma ustiga o'rnatilgan bo'lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki harakatlanishga ruxsat beradi. Ikki tomoni 1.9 yo'l chizig'i bilan belgilangan tasma ustiga o'rnatilgan va ishoralari o'chirilgan reversiv svetofor shu tasmaga kirishni taqiqlaydi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalari chorrahadan quyidagi tartibda o'tadilar:

Savol 5
Qizil avtomobil, tramvay, yashil, ko'k avtomobil
Tramvay, qizil, ko'k, yashil avtomobil
Tramvay, qizil, yashil, ko'k avtomobilTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 104-Bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yoʻnalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Ko'rsatilgan avtotsisternalardan qaysi biri burilishda ag'darilib ketish xavfi kamroq, turg'unroq?

Savol 6
Suyuqlik bilan 75 foizgacha to'ldirilgani
Suyuqlik bilan to'liq to'ldirilganiTo'g'ri

Izoh: Yuk avtomobilining muvozanati yo'qolishiga mahkamlanmagan yuk sabab bo'ladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk, yuk platformasidan koʻchib, bortlariga urilishi va avtomobilning ag'darilishiga sabab bo'lishi mumkin. O'xshash holat suyuq yuk ortgan sisternali avtomobillari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga ko'chishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yo'qolishiga olib keladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Shunday yo'l belgisi bo'lgan yo'l qismlarida ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga qanday eng katta tezlik bilan harakat qilishga ruxsat etiladi?

Savol 7
100 km/sTo'g'ri
110 km/s
60 km/s
70 km/s
90 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining birinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

To'xtagan transport vositasi bilan yotiq sidirg'a chiziq orasidagi masofa qancha bo'lganida to'xtash taqiqlanadi?

Savol 8
4 m
2,5 mTo'g'ri
5,5 m
6 m
3,5 m

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: toʻxtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi mintaqa yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Bu savol haqida batafsil →
9

Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo'li necha marta ortadi?

Ikki marta
Tormoz yo'li harakat tezligiga bog'liq emas
Uch marta
To'rt martaTo'g'ri

Izoh: Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 5=ke*va^2/2gp bunda S - tormoz yo'li; ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishdan necha barobar kamligini koʻrsatuvchi tormozlanish samaradorligi koeffitsienti; va – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; р - shinaning yoʻl bilan tishlashish koeffitsienti. Ushbu formuladan ko'rinadiki, tormoz yo'lining kattaligi tormozlanishdan avval harakatlanayotgan avtomobil tezligi kvadratiga nisbatan mutanosibdir. Shu bois harakat tezligi ikki barobar ko'paysa, tormoz yo'li toʻrt barobar ko'payadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Bir tirkamali avtopoyezdning qanday eng katta uzunligida DYHXX ruxsatisiz harakatlanishga yo'l qo'yiladi?

22 m
20 mTo'g'ri
16 m
24 m
18 m

Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →