98

Bilet 98

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Bu qo'shimcha-axborot yo'l belgisi qaysi yo'l belgisi bilan birgalikda qullaniladi?

Savol 1
«Б»To'g'ri
«A»
«C»

Izoh: YHQ 1 ilova 7.12: «Xavfli yo'l yoqasi». Yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo'llaniladi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Agar piyodalar o'tish joylaridan keyin tirbandlik paydo bo'lsa haydovchi qayerda to'xtashi kerak?

Piyodalar o'tish joyiga 5 m yetmasdan
Piyodalar o'tish joyida, agar piyodalar bo'lmasa
Bevosita piyodalar o'tish joyi oldidaTo'g'ri

Izoh: YHQ 17-bobi 112-bandi: Piyodalar o'tish joylaridan keyin paydo bo'lgan tirbandlik tufayli haydovchi piyodalar o'tish joyida to'xtashga majbur bo'ladigan bo'lsa, piyodalar o'tish joyiga kirish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Chorrahani ikkinchi bo'lib kesib o'tadi:

Savol 3
AvtomobilTo'g'ri
Tramvay
Mototsikl

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
4

To'la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillarini quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa ham foydalanishga ruxsat etiladi:

O'zi yurib ketishidan saqlovchi, g'ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgakTo'g'ri
Majburiy to'xtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq)
Tibbiyot qutichasi
O't o'chirgich

Izoh: YHQ 3 ilova 7.10: M3, N2, N3 toifadagi — o'zi yurib ketishidan saqlovchi, g'ildirak diametriga muvofiq (kamida ikkita) tirgak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ko'rsatilgan qaysi yo'l belgisi yengil yo'nalishsiz taksilarga yo'lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta’sir qilmaydi?

Savol 5
Faqat «C»
Faqat «Б» «C» «Д»
HammasiTo'g'ri
Faqat «A»

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.27. belgisi yo'lalishsiz yengil taksilarga yo'lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta'sir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining ta'sir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi. 3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.

Bu savol haqida batafsil →
6

Chorraxadan oxirgi bo'lib qaysi transport vositasi kesib o'tadi?

Savol 6
AvtomobilTo'g'ri
Avtobus
Velosiped

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Avtomagistralda to'xtashga ruxsat berilgan:

Faqat qatnov qismini chetini bildiruvchi chiziqdan chetda
5.15 yoki 6.11 yo'l belgilari bilan belgilangan maxsus to'xtab turish maydonchalaridaTo'g'ri
Qatnov qismidan chetda barcha joyda

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandi: Avtomagistrallarda 5.15 yoki 6.11 yo'l belgilari bilan belgilangan maxsus toʻxtab turish maydonchalaridan boshqa joylarda to'xtash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Kunning yorug' vaqtida harakatlanayotgan qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?

Savol 8
Har ikkalasinda
A
Hech kim buzmayaptiTo'g'ri

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandi: Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qoʻshimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Qaysi holatlarda jabrlanuvchiga yurak-o'pka reanimatsiyasini boshlash kerak?

Hushidan ketishda, nafas olish faoliyatidan qat'iy nazar
Hushidan ketishda, nafas olish faoliyati va qon aylanishi to'xtagandaTo'g'ri
Yurak sohasida og'riq sezilganda va nafas olish qiyinlashganda

Izoh: Yurak-o'pka reanimatsiyasi Faqat jabrlanuvchida xayot alomatlari yo'q boʻlganda amalga oshiriladi: xushidan ketish, uoʻqui arteriyasida puls yo'qligi, nafas olish to'xtashi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Trotuar va piyodalar yo'lkasi bo'lmaganda bolalar guruhini yo'lda qanday tartibda olib yurish mumkin?

Qatnov qismi chetidan katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi
Yo'l yoqasidan faqat kunduzi va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 4-bobi 16-bandi: Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yo'l yoqasidan faqat sutkaning yorug' vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →