97

Bilet 97

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Yo'lovchilarga taqiqlanadi:

Barcha ko'rsatilgan javoblar to'g'riTo'g'ri
Harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish
Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish va unga xalaqit berish

Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandi: Yo'lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish); harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ko'rsatilgan qaysi belgilar faqat shu o'rnatilgan tasmani o'ziga ta’sir qiladi?

Savol 2
«Б» va «B»
Faqat «A»To'g'ri
Faqat «Б»

Izoh: YHQ, 1 ilova 3.24: «Yukori tezlik cheklangan». Belgida kursatilganidan ortik tezlikda (km/s) harakatlanish takiklanishini bildiradi. 7.14. «Harakatlanish tasmasi». Belgi yoki svetofor ta’siridagi harakatlanish bo'lagini kursatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichga kamida nechta ogohlantiruvchi qurilma o'rnatiladi?

Kamida bitta
Kamida ikkitaTo'g'ri
Kamida uchta

Izoh: YHQ 29-bobi 177-bandi: Mexanik transport vositalarini shatakka olishda egiluvchan ulagichni ko'rsatadigan ogohlantiruvchi, o'lchami 200 x 200 millimetr bo'lgan, diagonali boʻyicha ketma-ket joylashgan 50 millimetr qalinlikdagi qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug'lik qaytaradigan yuzali bayroqchalar yoki taxtachalar shaklidagi ogohlantiruvchi qurilmalar o'rnatilishi kerak. Egiluvchan ulagichga kamida ikkita ogohlantiruvchi qurilma oʻrnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Siz to'g'ri yo'lda harakatlanayotib to'satdan yo'lning qisman katta bo'lmagan sirpanchiq qismiga duch keldingiz. Bunda qanday ehtiyot choralarini ko'rasiz?

Avtomobilni ohista to'xtatish
Harakat yo'nalishini va tezlikni o'zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan o'tib ketishTo'g'ri
Rulni burib sirpanchiqdan chiqib ketish

Izoh: Ushbu holatda Siz yo'lning sirpanchiq qismidan harakatlanish yo'nalishi va tezligini o'zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan oʻtib ketishingiz lozim boʻladi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Turar joy dahasidan yo'lga chiqishda yo'l berish zarur:

Chap tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga
Ko'k rangli yalt-yalt etuvchi chiroqcha-mayoqcha yoqilgan transport vositalariga
Barcha transport vositalarigaTo'g'ri
O'ng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga

Izoh: YHQ 20-bobi 126-bandi: Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda:

Haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerakTo'g'ri
Haydovchilar imtiyoz belgilariga amal qilishlari kerak

Izoh: YHQ 7-bobi 43-bandi: Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Harakatlanish bo'lagidagi uchburchak shaklidagi chiziq:

Savol 7
Yo'l berishingiz kerak bo'lgan joy yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradiTo'g'ri
To'xtashingiz zarur bo'lgan joyni bildiradi
Yo'lning xavfli qismini bildiradi

Izoh: YHQ 2 ilova. 1.20 — haydovchini 1.13 chizigʻiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantiradi. 1.13 — kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini to'xtatish joyini ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Sariq avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Savol 8
Oxirgi bo'libTo'g'ri
Ikkinchi bo'lib
Uchinchi bo'lib

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Temir yo'l kesishmalari va ularga yaqin joylarda quvib o'tishga tegishli qanday yo'l harakati qoidalari amal qiladi?

Quvib o'tish faqat temir yo'l kesishmalaridan keyin taqiqlanadi
Temir yo'l kesishmalarida va ularga 100 metrdan kam masofa qolganda quvib o'tish taqiqlanadiTo'g'ri
Temir yo'l kesishmalarida, ularga 100 metrdan kam masofa qolganda va temir yo'l kesishmalaridan keyin 100 metr davomida quvib o'tish taqiqlanadi

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yoʻl o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

Bu savol haqida batafsil →
10

Harakatlanish tasmasi:

Avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama tasmasiTo'g'ri
Yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan baland va (yoki) 1.1 yotiq chizig'i bilan belgilangan qismi
Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama tasmasi.

Bu savol haqida batafsil →