❓ YHQ Savoli

Qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan ajratilgan bo'lsa haydovchilar qanday holatlarda qat'iy tasmalar bo'yicha harakatlanishlari kerak?

Faqat harakatlanish serqatnov bo'lganda
Faqat harakatlanish tasmalari uzluksiz sidirg'a chiziqlar bilan ajratilgan bo'lsa
Barcha holatlarda

Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.