
Izoh: YHQ 1-ilovasining 1-Bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 1.6. «Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi».
Yo'l chiziqlari bo'yicha 365 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan.

Izoh: YHQ 1-ilovasining 1-Bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 1.6. «Teng ahamiyatli yo'llar kesishuvi».
Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yoʻl chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.
Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1— 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.
Izoh: Avtomobilni tirkama bilan haydash ma'lum bir ko'nikma talab qiladi. Tormoz yo'li ortadi.
Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Yo'lovchi — transport vositasidagi (haydovchidan tashqari) shaxs, shuningdek transport vositasiga kirayotgan (unga chiqib o'tirayotgan) yoki transport vositasidan chiqayotgan (undan tushayotgan) shaxs.
Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi uch va undan ortiq tasmali har qanday yo'lda chetki chap qatorni harakat serqatnovligi sababli boshqa bo'laklar band bo'lgan hollarda, shuningdek, quvib o'tish, chapga burilish yoki qayrilib olishga, yuk avtomobillariga faqat chapga burilish yoki qayrilib olish uchun chetki chap qatorni egallashga ruxsat etiladi.
Izoh: YHQ 2 ilova: 1.14.4 — oq-qizil rangli yo'l chizig'i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o'tish joyini belgilaydi.
Izoh: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari atrofidagi yo'llarda 300 metrgacha bo'lgan masofada 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Izoh: YHQ 27-bobi 162-bandi: Yengil avtomobilning tom qismiga o'rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlar va individual harakatlanish vositalarini tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa yukni tashishga ruxsat beriladi.

Izoh: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo'l belgilari vaqtincha yo'l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo'l belgilari sariq rangda bo'ladi.
Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: Shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa.

Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo'l belgilari vaqtincha yo'l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo'l belgilari sariq rangda bo'ladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.4.1 — 1.4.6. “Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashuv”. Aholi punktlaridan tashqarida temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida qo'shimcha ogohlantirish beradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak. 1,8 1.15, 1.16, 1.31, 1.17, 1.18.1 — 1.18.3, 1.21, 1.30, 2.6, 2.7, 3.1, 3.2, 3.11 — 3.16, 3.18.1 — 3.18.25 yo'l belgilari vaqtincha yo'l belgilari sifatida belgilanishi mumkin. Vaqtincha yo'l belgilari sariq rangda bo'ladi.

Izoh: YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar to'xtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.14.4 — oq-qizil rangli yo'l chizig'i maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari oldida piyodalarning o'tish joyini belgilaydi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.3. “Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l”. Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.13 Tik nishablik

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.35 “Piyodalarning yo'l yoqasidan yurishi mumkin bo'lgan hudud”

Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yo'lning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha bo'lmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.38. “Turar joy dahasi”. Yo'l harakati qoidalarining turar joy dahalarida harakatlanish tartibi o'rnatilgan yo'l. YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 16-bobi 108-bandi: Agar haydovchi o'zi harakatlanayotgan yo'lning qoplamasi bor-yo'qligini aniqlay olmasa (qorong'i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo'lmasa, unda u o'zini ikkinchi darajali yo'lda deb hisoblashi kerak.

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandi: Transport vositalarining harakatlanish yo'nalishlari kesishganda va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda, haydovchi o'ng tomondan yaqinlashayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.29.3-avtomobil yo'llarida “3D” ko'rinishdagi piyodalar o'tish joyi.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.29.2-sun’iy notekislik (avtomobil yo'llarida “3D” ko'rinishdagi BALAND piyodalar o'tish joyini bildiradi);

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.29.1-sun’iy notekislik (baland piyodalar o'tish joyini bildiradi);

Izoh: YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisida ko'rsatilgan boshqa masofada ham o'rnatilishi mumkin.
Izoh: YHQ 1 ilova: Vaqtincha (ko'chma tirgakdagi) va doimiy belgilar ma’no jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o'rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.

Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak. Velosiped yo'lkasi va piyodalar yo'lkasi (trotuar) o'zaro kesishgan holatlarda velosiped va individual harakatlanish vositasi piyodaga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandi: Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.
Izoh: YHQ 23-bobi 136-bandiga asosan: Qorong'i vaqtda yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.
Izoh: YHQ 24 bobi 145-bandning 3-xatboshiga asosan, Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa.

Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandi: Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi. YHQ 17.1-bobi 115.1-bandi: Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'ldan yo'nalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin va boshqa transport vositalari ushbu yo'lakda harakatlanishi taqiqlanadi, bundan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari mustasno.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.27 — ogohlantiruvchi yo'l belgilarini takrorlovchi yo'l chizig'i; YHQ 1 ilova: 1.18.1 — 1.18.3. “Yo'lning torayishi”. 1.18.1 — ikki tomonlama torayish; 1.18.2 — o'ngga torayish va 1.18.3 — chapga torayishni bildiradi.
Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandi: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: velosiped yo'lkasi bilan kesishuvda va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda;

Izoh: YHQ 18-bobi 119-bandi: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum bo'lmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.

Izoh: YHQ 4-bobi 16-bandiga asosan:Piyodalarning tashkiliy jamlanmasiga yo'lning qatnov qismida bir qatorda to'rt kishidan ortiq bo'lmasdan, faqat transport vositalarining harakat yo'nalishi bo'ylab o'ng tomondan harakatlanishga ruxsat etiladi. Jamlanmaning oldi va orqasida chap tomondan qizil bayroqcha, sutkaning qorong'i vaqtida yoki yetarlicha ko'rinmaslik sharoitida esa oldinda oq, orqada qizil rangli chiroq ko'targan kuzatuvchilar bo'lishi shart. Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular bo'lmaganda esa yo'l yoqasidan faqat sutkaning yorug' vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi;

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.15.4 Elektr quvvatlashli avtomobil qo'yish joyi.

Izoh: YHQ 1 ilova: Qo'shimcha axborot belgilari: 7.2.1. “Ta'sir oralig‘i”. Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oralig‘ini ko'rsatadi. 7.5.4. “Amal qilish vaqti”. Belgiga kunning qaysi vaqtida amal qilishni ko'rsatadi. Axborot-ko'rsatgich belgilari: 5.33. “To'xtash chizig‘i”. Svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida transport vositalari to'xtaydigan yo'nalishini bildiradi. 5.22. “Aholi punktining boshlanishi”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta'siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta'siri qiladi. Aholi punktlariga yetmasdan o'rnatilgan 3.24 belgisining ta'siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi. 5.23. “Aholi punktining oxiri”. Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartib-talablari bekor qilingan joyni bildiradi. 3.25. “Yuqori tezlik cheklangan hududning oxiri”. 3.31. “Barcha cheklovlarning oxiri”. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan hududlarning oxiri.
Izoh: YHQ 10-bobi 76-bandiga asosan: Agar yo'l belgilari va chiziqlari boshqa yo'nalishni ko'rsatmagan bo'lsa, haydovchilar ajratuvchi bo'lagi bo'lmagan ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llardagi xavfsizlik orolchalari, ustunchalar va yo'l inshooti qismlari (ko'prik, yo'l o'tkazgich ustunlari va shunga o'xshashlar)ni o'ng tomondan aylanib o'tishlari kerak.
Izoh: YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. O'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin. Yo'nalishli transport vositalariga bekatlardan tashqari joylarda yo'lovchi olish va tushirish taqiqlanadi (yo'nalishli taksilar bundan mustasno).

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.1. “Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv”. Imtiyoz belgilari — chorrahalarda, qatnov qismlari kesishgan joylarda, yo'lning tor qismlarida harakatlanish navbatini belgilaydi.

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yo'lga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt, sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yo'lga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yo'lning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi;
Izoh: YHQ 2 ilova: Yotiq chiziqlar va Tik chiziqlar
Izoh: YHQ 28-bobi 168-bandi: Velosipedchilar va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: odam tashish (ishonchli oyoq qo'ygich bilan jihozlangan velosipeddagi qo'shimcha o'rindiqda 7 yoshgacha bo'lgan bolani tashish bundan mustasno);
Izoh: YHQ 10-bobi 74-bandi: Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
Izoh: YHQ 1 ilova: Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta’siri yo'qolmaydi.
Izoh: YHQ 28-bobi 165-bandi: Yo'lda velosiped, individual harakatlanish vositalarini va aravani boshqarish, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarni haydab o'tish 14 yoshdan kichik bo'lmagan, moped va skuterni boshqarish esa 16 yoshdan kichik bo'lmagan shaxslarga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.1. “Asosiy yoʻl”. Harakat tartibga solinmagan chorrahalarda oldin oʻtish huquqini beradi. Belgi asosiy yoʻl boshiga va chorrahalarning bevosita oldiga oʻrnatiladi. 7.13. “Asosiy yoʻlning yoʻnalishi”. Chorrahada asosiy yoʻlning yoʻnalishini koʻrsatadi. 2.4. “Yoʻl bering!”. Haydovchi kesib oʻtilayotgan yoʻldan, 7.13 qoʻshimcha-axborot belgisi boʻlganda esa asosiy yoʻldan harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova: Taqiqlovchi belgilar. Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning taʼsiri yo'qolmaydi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.5.1. “Shanba, yakshanba va bayram kunlari”.
Izoh: YHQ 2-bobi 12.1-bandi: Individual harakatlanish vositalarini boshqaradigan shaxslarga quyidagilar taqiqlanadi: velosipedchilar uchun tasma yoki piyoda va velosiped yo'lkasi mavjud bo'lganda (ularda harakatlanishining imkoni bo'lmagan holatlar bundan mustasno) yo'lning qatnov qismida, yo'l yoqalarida yoki qatnov qismining chetida harakatlanish;

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: harakatlanish tasmasi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yo'l chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama tasmasi; YHQ 2 ilova: 1.3 — to'rt va undan ortiq harakatlanish bo'lagi bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi;
Izoh: YHQ 1 ilova: Ogohlantiruvchi, Imtiyoz, Taqiqlovchi, Buyuruvchi, Axborot-ko'rsatkich, Servis, Qo'shimcha axborot
Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: tramvay yo'llarida, shuningdek, bevosita ularga yaqinroqda tramvaylar harakatlanishiga xalaqit beradigan hollarda; temir yo'l kesishmalarida; tunnellarda; bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yoʻl o'tkazgich va estakadalarning ustida; ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno);
Izoh: YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan: Yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yoʻldan chiqishda harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 3-ilovasi 2-bo'limining 2.1-bandiga asosan: Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yigʻindisi reglament (qat'iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta boʻlmasligi kerak.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.31 — Aholi punktlaridan tashqarida yo'llarning transport vositalari tez harakatlanadigan xavfli burilishlarida hamda aholi punktlarining piyodalar o'tish joylariga yaqinlashuvda haydovchilar hushyorligini oshirish maqsadida termoplast yordamida chiziladigan “Shovqin chiziqlari”dan foydalanilishi mumkin;

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 2-bobi 11-bandi: Transport vositasining haydovchisi quyidagilarga majburdir: d) yo'lovchilarni quyidagilar haqida ogohlantirishi shart: harakatlanayotgan vaqtda avtomobil salonidan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqarish taqiqlanganligi;

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.42. “Qizil chiroqda o'ngga harakatlanish”. Transport svetofori qizil chirog'ining o'ng yoniga 5.42 yo'l belgisi o'rnatilgan bo'lsa, transport vositalarining haydovchilari svetoforning taqiqlovchi ishorasi yonib turganda, barcha xavfsizlik choralarini ko'rgan holda o'ngga burilishlari mumkin. Bunda ular harakat yo'nalishi bo'yicha va burilayotgan ko'chani kesib o'tayotgan piyodalarga hamda boshqa transport vositalariga yo'l berishlari shart.

Izoh: Yo'l-patrul xizmati xodimlarining yo'l harakati qatnashchilari bilan o'zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to'g'risida 1-bob. Umumiy qoidalarda keltirilgan.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.18. “Tavsiya etilgan tezlik”. Yo'lning shu qismida tavsiya etilgan harakatlanish tezligini bildiradi. YHQ 1 ilova: 4.7. “Eng kam tezlik”. Faqat belgida ko'rsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
Bu savol haqida batafsil →
Bu savol haqida batafsil →
Izoh: YHQ 1 ilova: 1.31. “Sunʼiy yo'l notekisligi”. Yo'lning sunʼiy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo'llaniladi. YHQ 1 ilova: 5.48. “Baland piyodalar o'tish joyi”. 5.16.1-5.16.2 yo'l belgilari bilan birga qo'llaniladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-Bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 2.4. «Yo'l bering!». Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, harakatlanayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 18-bobi 120-bandining yettinchi xatboshisiga asosan: Umumiy xatar ishorasi bo'lib, berilgan bitta uzun va uchta qisqa tovush seriyasi xizmat qiladi.
Izoh: YHQ 8-bobi 48-bandining birinchi xatboshisiga asosan, tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun. YHQ 8-bobi 49-bandiga asosan: Quvib o'tish haqida tovushli ishora oʻrniga yoki u bilan birga chiroqlarni yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining beshinchi xatboshisiga asosan: 1.3 — to'rt va undan ortiq harakatlanish boʻlagi boʻlgan yo'llarda qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi.

Izoh: Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmay, dvigatel orqali tormozlanishni qoʻllab va g'ildiraklarning blokirovkasi (aylanmasdan sirpanishi) ga yoʻl qo'ymagan holda to'xtash lozim.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'lim sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshlariga asosan: 2.5. «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan». To'xtash chizigʻi oldida, agar u boʻlmasa, kesib o'tiladigan qatnov qismining chetida to'xtamasdan harakatlanish taqiqlanadi. Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bu belgi temir yo'l kesishmasi yoki karantin maskanidan oldin o'rnatilishi mumkin. Bunday hollarda haydovchi to'xtash chizig'i oldida, u bo'lmasa, belgi oldida to'xtashi kerak.
Izoh: YHQ 24-bobi 143-bandiga asosan: Qattiq yoki egiluvchan ulagich yordamida shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish, qisman ortish yo'li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo'lishi taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qo'llaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.
Izoh: YHQ 18-bobi 116-bandiga asosan: Transport vositalarining haydovchilari temir yo'llarni faqat temir yo'l kesishmalari orqali poezd (lokomotiv, drezina) larga yo'l berib kesib o'tishlari mumkin.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining ellik toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 5.41. «Foto- va video qayd etish» belgisi, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari oʻrnatilgani haqida axorot beradi.
Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: aholi yashash joylarida yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada; qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.
Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda;
Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan: Asosiy yoʻl — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-Bo'limining qirq uchinchi xatboshisiga asosan: 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilarining ta’siri belgi o'rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, ular bo'lmaganda — aholi punktining oxirigacha ta’siri qiladi. Yondosh hududlardan yo'lga chiqish joylarida yoki yo'lning dala, o'rmon yo'llari va boshqa doimiy harakatlanish, o'tib ketish uchun mo'ljallanmagan yo'llar bilan kesishgan (tutashgan) joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o'rnatilmagan bo'lsa, bu belgilarning ta’siri yo'qolmaydi.
Izoh: YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan: Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda toʻxtagan yo'nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 23-bobi 134-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilariga asosan: Qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda, shuningdek yoʻlning yoritilganligidan qat'i nazar, tunnellarda harakatlanayotgan transport vositalarida quyidagi yoritish asboblari yoqilgan bo'lishi kerak: barcha mexanik transport vositalari — uzoqni yoki yaqinni yorituvchi chiroqlar.
Izoh: YHQ 3-bobi 13-bandiga asosan, yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi.

Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 65-bandiga asosan: Toʻrt va undan ortiq tasmali, harakat ikki tomonlama bo'lgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmalarga chiqish taqiqlanadi. YHQ 2-ilovasi 1-bobi beshinchi va o'ttiz toʻrtinchi xatboshlariga asosan: 1.3 — to'rt va undan ortiq harakatlanish tasmasi boʻlgan yo'llarda qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalari oqimini ajratadi; 1.3 yotiq chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.
Izoh: Egri yoʻl (burilish)da harakatlanayotgan avtomobilda markazdan qochirma kuch vujudga keladi. Burilish o'ng tomonga boʻlgan holda siz qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish bo'lagiga, chap tomonga boʻlsa, yoʻl yoqasi yoki uning tashqarisiga chiqib ketishingiz ehtimoli mavjud. Uzatma ajratilgan holatda avtomobil oʻzi harakatlanib, uni boshqarish murakkablashadi. Shu bois, burilishga yaqin masofa qolganda, uning tikligini va tezligingizni baholab, uzatma mexanizmini ajratmay harakatni davom ettiring.
Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: shlagbaum holatidan qat'i nazar, svetoforning taqiqlovchi ishorasida.

Izoh: Yo'lovchilar va yuklar birdan tormozlash natijasida oldinga qarab harakatlanishiga olib keladi. Keskin tezlashuv yo'lovchilar va yuklarning orqaga qarab harakatlanishiga olib keladi.
Izoh: Sirpanchiq yoʻlda surilish hollari avtomobil g'ildiraklarining shataksirashi (joyida aylanishi) natijasida harakatning birdan tezlanishdan kelib chiqadi. Bu holda surilish sabablarini bartaraf qilish, ya'ni yonilg'i o'tishini boshqaruvchi tepkisini (drossel zaslonkasini) bosishni kamaytirish lozim.
Izoh: YHQ 23-bobi 136-bandi: Sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismida, shuningdek, yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda to'xtagan yoki to'xtab turgan transport vositasida gabarit fara chiroqlari yoqilgan bo'lishi kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-Bo'limining yigirma toʻrtinchi xatboshisiga asosan: 4.7. «Eng kam tezlik». Faqat belgida koʻrsatilgan yoki undan yuqori tezlikda (km/soat) harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi.
Izoh: To'xtash yo'liga haydovchining xavf-xatarsiz sezgan vaqtidan boshlab transport vositasining butunlay to'xtagunga qadar yurib o'tgan masofasi tushuniladi. To'xtash yo'li doim tormoz yoʻlidan ko'proq bo'ladi, chunki tormozlanish boshlanishidan avval transport vositasi haydovchining reaksiya vaqti va tormoz uzatmasining ishlab ketish vaqtiga bog'liq bo'lgan masofadan o'tib oladi
Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining qirq to'qqizinchi xatboshisiga asosan: Yo'l harakati qatnashchisi — yo'l harakati jarayonida transport vositasining haydovchisi, yo'lovchisi yoki piyoda tariqasida bevosita ishtirok etayotgan shaxs.

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandiga asosan: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak.

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.
Izoh: Tormoz yo'lining kamayishiga blokirovka chegarasida erishiladi, chunki blokirovka qilingan gʻildiraklar aylanmay (sirpanib toʻxtash) yo'lda sirpanadi va tormoz yo'lini uzaytiradi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 1.12 (to'xtash chizig'i) — 2.5 «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi yoki svetoforning (tartibga soluvchining) taqiqlovchi ishorasida haydovchi to'xtash kerak bo'lgan joyni ko'rsatadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining yigirma yettinchi xatboshisiga asosan: 1.22. «Velosiped yo'lkasi bilan kesishuv».

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn beshinchi xatboshisiga asosan: 1.13 — kesishayotgan yo'lda harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berish uchun to'xtash zarur bo'lganda, haydovchiga transport vositasini toʻxtatish joyini koʻrsatadi.
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.24. «Yuqori tezlik cheklangan». Belgida ko'rsatilganidan ortiq tezlikda (km/s) harakatlanish taqiqlanishini bildiradi. YHQ 11-bobi 79-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; YHQ 11-bobi 80-bandiga uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishi taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 20-bobi 126-bandiga asosan: Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.
Izoh: YHQ 2-bobi 11-bandidagi 3) punktining ikkinchi xatboshisiga asosan, quyidagi hollarda transport vositasini foydalanish uchun taqdim etishi: yo'lakay yo'nalishda tibbiy yordam ko'rsatishga ketayotgan tibbiyot xodimlariga hamda zudlik bilan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan fuqarolarni davolash-profilaktika muassasasiga olib borish uchun.

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Ko'k yoki ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7 bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilariga nisbatan imtiyozga ega bo'lishi uchun tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalarida, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan bo'lishi shart. Ular o'zlariga yo'l berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan so'nggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma uchinchi xatboshisiga asosan: 1.19 — qatnov qismining toraygan (shu yoʻnalishdagi harakatlanish tasmalarining soni kamaygan) joyiga yoki qarama-qarshi yo'nalishdan kelayotgan transport vositalari oqimlarini ajratuvchi 1.1 yoki 1.11 chizig'iga yaqinlashganlik haqida ogohlantiruvchi chiziq. Birinchi holda 1.18.1 — 1.18.3 belgilari bilan qo'llanilishi mumkin.

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandga asosan: Yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining o'n oltinchi xatboshisiga asosan: 1.11.2. «Xavfli burilish». 1.11.2 — chapga yo'l belgisi yoʻlning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining o'ttiz yettinchi xatboshisiga asosan: 1.31.2. «Burilishning yoʻnalishi». Kichik radiusli, ko'rinishi cheklangan yo'lda harakatlanish yoʻnalishini va yoʻlning ta'mirlanayotgan qismini aylanib oʻtish yoʻnalishini bildiradi.

Izoh: YHQ 11-bobi 80-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida koʻrsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi.
Izoh: Keskin tormoz berish – bu birdan paydo bo'lgan yoki kech koʻrib qolingan to'siqqa kelib urilishining oldini olish uchun katta intensivlik (jadallik) bilan tormoz berish tushuniladi. Shu bois, masalan yosh bolaning yoʻlda birdan paydo bo'lish ehtimolini inobatga olgan holda haydovchi keskin tormoz berish vaqtida o'zini qanday tuta olishini bilishi lozim. Bunda quyidagi usullar mavjud: rul chambaragini ikki qo'lingiz bilan mahkam ushlang, avtomobil g'ildiraklarini blokirovka qilman chunki g'ildiraklarning uzunasiga sirpanishi tormoz yo'lini qisqartirmaydi; harakatda toʻxtab turish tormozini qo'llamang, chunki bu hol orqa g'ildiraklarning sirpanishini kuchaytirishi mumkin. Tormoz tepkisini qattiq (shiddat bilan emas) va ravon, shinaning yoʻlga nisbatan ilashishiga qarab, kuchaytirish bosish lozim. Keskin tormoz berish vaqtida ham avtomobil ustidan nazoratni yo'qotmang.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'ʻlimining oʻn beshinchi xatboshisiga asosan: 1.10. «Sohilga chiqish». Daryo yoki suv havzasi qirg'og'iga chiqishni bildiradi.
Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandining birinchi xatboshisiga asosan, yo'lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalg'itish va unga xalaqit berish.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oltinchi, oʻn ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi; 1.10 — to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi; 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi; YHQ 13-bobi 91-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular boʻlmaganda esa yo'nalishli transport vositalari toʻxtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada.
Izoh: YHQ 10-bobi 71-bandiga asosan: Reversiv harakatlanishli yo'lga burilishda haydovchi transport vositasini shunday boshqarishi kerakki, bunda transport vositasi qatnov qismlari kesishmasidan chiqishda chetki o'ng qatorni egallashi kerak. Shu yo'nalishdagi boshqa tasmalardan ham harakatlanish ruxsat etilganiga ishonch hosil qilingandan keyingina haydovchiga qayta tizilishga ruxsat etiladi.
Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Bir yo'nalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yo'nalishdagi boshqa tasmalar band bo'lganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari o'rnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 17-bobi 114-bandiga asosan: Agar yo'lovchilarni tushirish yoki chiqarish qatnov qismida yoki unda joylashgan maydonchada amalga oshirilayotgan bo'lsa, haydovchi bekatda to'xtagan yo'nalishli transport vositasi eshiklari tomon borayotgan yoki undan kelayotgan piyoda(lar)ga yo'l berishi kerak.
Izoh: Haydovchi tormoz pedalini bosgandan boshlab avtomobilni to'xtaguncha bosib oʻtgan yo'liga - “tormoz yo'li” deyiladi.
Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
Izoh: YHQ 4-bobi 21-bandiga asosan: Yalt-yalt etuvchi koʻk rangli yoki ko'k va qizil rangli chiroq-mayoqchasi va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan transport vositalari yaqinlashib kelayotgan bo'lsa, piyodalar qatnov qismidan oʻtmasliklari, unda harakatlanayotganlari esa, bu transport vositalariga yo'l berishlari va zudlik bilan qatnov qismini boʻshatishlari kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-boʻlimining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. «Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oraligʻini koʻrsatadi.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining yigirma birinchi xatboshisiga asosan: 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi.
Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining oltinchi xatboshisiga asosan: «Tezlik cheklangan» — o'ta og'ir, xavfli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan, shuningdek transport vositasining texnik tavsifnomasida koʻrsatilgan eng yuqori tezligi ushbu Qoidalarning 78, 79 va 80-bandlarida belgilangan tezlikdan kam boʻlgan hollarda transport vositasi kuzovi orqa devorining chap tomoniga 3.24 — «Yuqori tezlik cheklangan» yo'l belgisining kichraytirilgan, rangli tasviri tushirilgan shaklidagi belgi. Belgining diametri 160 millimetrdan kam bo'lmasligi, hoshiyasining kengligi belgi diametrining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.

Izoh: YHQ 20-bobi 123-bandiga asosan: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.
Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining birinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va uzi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandiga muvofiq, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.
Izoh: YHQ 5-bobi 23-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yo'l harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Izoh: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doirasimon shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yo'nalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yoʻl belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan bo'lsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qoʻshimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Svetoforning qo'shimcha tarmoqdagi ishora o'chirilgan bo'lsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.
Izoh: YHQ 18-bobi 117-bandiga asosan: Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.
Izoh: Sirpanchiq yoʻlda sirpanish hollari birdan tezlik oshirilganda, yetakchi g'ildiraklarning oʻrnidan jilmay aylanishi (charx urishi) kelib chiqadi. Bu holda sirpanish sabablarini bartaraf qilish, ya'ni yonilgʻi oʻtishini boshqaruvchi tepkisini (drossel zaslonkasini) bosishni kamaytirish lozim.
Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 9-bobi 54-bandiga asosan: Yondosh hududlardan yo'lga chiqayotgan haydovchi unda harakatlanayotgan transport vositalari va piyodalarga, shuningdek yo'ldan chiqishda harakat yo'nalishini kesib o'tayotgan piyodalar va velosipedchilarga yo'l berishi kerak.
Izoh: Keskin tormoz berish oqibatida blokirovka boʻlgan g'ildiraklarga rul chambaragining burilishi ta'sir qilmaydi. Sirpanchiq yoʻlda dvigatel orqali, g'ildiraklarni blakirovka qilmasdan tormoz berish samarali tormoz berishga yordam beradi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1.20. «Piyodalar o'tish joyi». 5.16.1, 5.16.2 belgilari va (yoki) 1.14.1 — 1.14.3 chiziqlari bilan belgilangan piyodalar oʻtish joyini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining beshinchi yettinchi xatboshlariga asosan: 1.3.1. «Bir izli temir yoʻl». 1.3.1. — bir izli temir yoʻl, belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandi: Svetoforning taqiqlovchi qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qoʻshimcha tarmoqning ko'rsatkichli yashil ishorasi yoʻnalishida harakatlanayotgan haydovchi boshqa yo'nalishlardan harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandi: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizigʻi bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: tormoz tizimi, rul boshqaruvi ishlamayotgan, ulagich moslamasi (avtopoyezd tarkibida) nosoz bo'lgan, sutkaning qorong'i vaqtida yoki ko'rinish cheklangan vaziyatlarda yonmaydigan fara chiroqlari va orqa gabarit fara chiroqlari, yomg'ir yoki qor yogʻayotgan vaqtda oyna tozalagich ishlamaydigan transport vositasini boshqarish taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'limining o'ninchi xatboshisiga asosan: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yoʻlning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan: Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda (lаr)da, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishma navbatchisining taqiqlovchi ishorasida (navbatchi haydovchilarga oldi yoki orqasi bilan turib tayoqchani, qizil chiroq yoki bayroqchani yuqoriga ko'tarib tursa yoki qo'llarini yonga uzatsa).

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.
Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, o'ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo'nalishda harakatlanishi mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.
Izoh: YHQ 29-bobi 182-bandiga asosan: Yo'llarda ta'mirlash ishlarini bajarishga javobgar mansabdor va boshqa shaxslar ishlar olib borilayotgan joyda yo'l harakati xavfsizligini ta'minlashga majbur. Bunday joylar, shuningdek yo'ldan tashqariga olib chiqish imkoniyati bo'lmagan ish bajarmayotgan yo'l mashinalari, qurilish materiallari, qurilma va shunga o'xshashlar tegishli yoʻl belgilari, yo'naltiruvchi va to'suvchi moslamalar bilan, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa, qo'shimcha qizil yoki sariq chiroqli ishoralar bilan belgilanishi kerak. Ta'mirlash ishlari tugagandan soʻng transport vositalari va piyodalarning xavfsiz harakatlanishi ta'minlangan bo'lishi kerak.

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 2-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 2.4. «Yo'l bering!». Haydovchi kesib o'tilayotgan yo'ldan, 7.13 qoʻ'shimcha-axborot belgisi bo'lganda esa asosiy yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak.

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: to'xtagan transport vositasi bilan sidirg'a chiziq (qatnov qismining chetini belgilovchi chiziqdan tashqari), ajratuvchi boʻlak yoki qatnov qismining qarama-qarshi cheti orasidagi masofa 3 metrdan kam bo'lgan joylarda.

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan: Yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining qirq yettinchi xatboshisiga asosan: 5.29.1. «Yo'l raqami». 5.29.1 — yo'lga berilgan raqamini bildiradi.

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandiga asosan: Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yo'llarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 2-bobi 11-bandining 3 punktiga asosan, quyidagi hollarda transport vositasini foydalanish uchun taqdim etishi: Ichki ishlar xodimlariga qonunda belgilangan xollarda kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarish uchun, shuningdek yo'l-transport hodisasi tufayli shikastlangan yoki nosoz transport vositalarini olib ketish (shatakka olish) uchun (faqat yuk avtomobilidan).

Izoh: YHQ 2-ilovasining 1-bo'limidagi 1.23 chizig'i faqat yo'nalishli transport vositalari uchun moʻljallangan boʻlagini bildiradi.
Izoh: Burilishda o'tayotgan vaqtda haydovchi shuni inobatga olishi lozimki, avtomobilning harakat tezligi kattalashganida markazdan qochirma kuch tezlik kvadratiga mos ravishda ortadi va transport vositasini ag'darilishiga olib kelishi mumkin.
Izoh: YHQ 22-bobi 133-bandiga asosan: Haydovchilar aholi punktlarida bekatdan harakatlanishni boshlayotgan avtobus va trolleybuslarga yo'l berishlari kerak. o'z navbatida avtobus va trolleybus haydovchilari o'zlariga yo'l berilganligiga ishonch hosil qilganliklaridan keyingina harakatlanishni boshlashlari mumkin.

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.
Izoh: Sirpanchiq yo'lda to'xtatish tepkisini uzuq-uzuq bosib, uzatma va ilashish mexanizmini ajratmagan, dvigatel bilan tormozlanishni ishlatgan hamda g'ildiraklarning blokirovkasi (sirg'anish)ga yo'l qo'ymagan holda to'xtatish lozim.
Izoh: YHQ 27-bobi 164-Bandga asosan: Katta hajmli va og'ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o'lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo'lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart.
Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yo'l belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi. YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan, Quyidagilarda to'xtash taqiqlanadi: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizig'i bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yo'nalishi bo'ylab (etmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada (yo'nalishli transport vositalari harakatiga xalaqit bermasa yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish uchun to'xtash bundan mustasno).

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining oltinchi va yettinchi xatboshlariga asosan: 1.3.2. «Ko'p izli temir yoʻl». 1.3.2. — ikki va undan ortiq izli temir yoʻl belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yoʻl kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: O'ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroqda harakatlanishi kerak. YHQ 9-bobi 61-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak.
Izoh: YHQ 9-bobi 56-bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi o'ngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.
Izoh: YHQ 28-bobi 166-bandi: Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi. Yo'lning qatnov qismida harakatlanishda velosipedchilar, individual harakatlanish vositalari, aravalar jamlanmasi, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlar guruhlari va haydab ketilayotgan hayvonlar to'dasi yo'l harakati xavfsizligini ta’minlaydigan hamda ularni quvib o'tishni osonlashtiradigan guruhlarga bo'linishi kerak. Izoh: qatnov qismining chap bo'lagiga faqat chapga burilish va qayrilib olish uchun o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining ellik ikkinchi xatboshisiga asosan: 5.34.2. «Boshqa qatnov qismiga qayta tizilishning boshlang'ich ko'rsatkichi». Ajratuvchi bo'lagi boʻlgan yoʻlning harakatlanish uchun yopiq hududini aylanib o'tish yoki oʻng tomondagi qatnov qismiga qaytish uchun harakatlanish yo'nalishini bildiradi.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi xatboshisiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi. YHQ 13-bobi 91-bandining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada to'xtash taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 13-bobi 92-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: toʻxtab turish taqiqlanadi: temir yoʻl kesishmalariga 50 metrdan kam masofada.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining to'rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. «Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l». Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni bildiradi.

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda.

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan.
Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limining yettinchi xatboshisiga asosan: 1.3.1. — bir izli temir yoʻl, belgisi shlagbaum bilan jihozlanmagan temir yo'l kesishmasi oldida o'rnatiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining to'qqizinchi xatboshisiga asosan: 3.7. «Tirkama bilan harakatlanish taqiqlanadi». Yuk tashuvchi transport vositalari, traktorlarning barcha turdagi tirkamalar bilan harakatlanishi, shuningdek mexanik transport vositalarini har qanday usulda shatakka olish taqiqlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 12-bobi 87-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib oʻtish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak.
Izoh: YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Odam tashishga moslashtirilmagan yuk avtomobillarining yukxonasida faqat yukni olish uchun borayotgan yoki uni kuzatib borayotgan shaxslarning bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bunda ular bortlardan pastda joylashgan o'rindiqlar bilan ta'minlanishlari kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.5. «Bir tomonlama harakatli yoʻl». Transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yo'nalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.

Izoh: YHQ 10-bobi 69-bandi: Bir yoʻnalishdagi qatnov qismining chap tomonida u bilan bir sathda joylashgan tramvay yo'lidan, shu yoʻnalishdagi boshqa tasmalar band boʻlganda harakatlanishga, shuningdek, aylanib o'tishga, chapga burilish va qayrilib olishga ushbu Qoidalarning 56-bandini hisobga olgan holda ruxsat etiladi. Biroq bu tramvayga xalaqit bermasligi kerak. Qarama-qarshi yo'nalishdagi tramvay yo'lidan harakatlanish taqiqlanadi. Agar chorrahadan oldin 5.8.1 yoki 5.8.2 yo'l belgilari oʻrnatilgan bo'lsa, chorrahadan o'tishda tramvay yo'llaridan harakatlanish taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib oʻtishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-boʻlimining ikkininchi xatboshisiga asosan: 1.1. «Shlagbaumli temir yo'l kesishmasi».
Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining to'qqizinchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishma orqali qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni olib o'tish. Izoh: temir yoʻl kesishmasi orqali zanjirli bo'lgan qishloq xo'jaligi, yo'l qurilishi, qurilish va boshqa mashina hamda mexanizmlarni, mexanik transport vositasiga yuklab olib o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.6. «Traktorlar harakatlanishi taqiqlangan». Traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
Izoh: YHQ 1-bob 6-bandi 11-izohga asosan, «Yondosh hudud» - bevosita yo'lga tutashgan va transport vositalari o'tib ketishi uchun mo'ljallanmagan hudud (hovlilar, turar joy dahalari, avtomobillarning to'xtab turish joylari, yonilg'i quyish tarmoqlari, korxona va h.k.). Yondosh hududdan chiqish joylari chorraha xisoblanmaydi.
Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining sakkizinchi xatboshisiga asosan: Asosiy yoʻl — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1 — 2.3.3 yoki 5.1 yoʻl belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yo'lga nisbatan har qanday yo'l. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yo'l bilan teng huquqli qilmaydi.
Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandining oʻninchi xatboshisiga asosan, temir yo'l kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: temir yo'l distansiyasi boshligʻining ruxsatisiz tezligi soatiga 8 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarini harakatlanishi.

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish.
Izoh: YHQ 10-bobi 72-bandiga asosan: Qoidalarning 88, 166-bandlarida ko'zda tutilganlardan boshqa hollarda transport vositalarining ajratuvchi mintaqalar, yo'l yoqalari, trotuarlar, piyodalar yo'lkalarida, velosiped yo'lkalari, velosipedchilar uchun tasmalar, piyodalar va velosipedchilarning birga va alohida harakatlanadigan yo'laklarda mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi. Bu joylarda yo'ldan foydalanish va kommunal xizmat mashinalarining harakatlanishiga, shuningdek, bevosita yo'l yoqalari, trotuarlar yoki piyodalar yo'lkalari oldida joylashgan savdo shoxobchalari, korxonalar va boshqa inshootlarga yuk olib kirish uchun boshqa imkoniyati bo'lmagan transport vositalariga yaqin yo'ldan kirishga ruxsat etiladi. Bunda harakatlanish xavfsizligi ta’minlangan bo'lishi shart.

Izoh: YHQ 11-Bob 79-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat beriladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining o'ttiz oltinchi xatboshisiga asosan: 5.19.1. «Oxiri berk yo'l». Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkligini bildiradi.
Izoh: YHQ 18-bobi 117-bandiga asosan: Temir yoʻl kesishmasiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi yo'l belgilari va chiziqlariga, svetofor ishoralariga, shlagbaum holatiga, kesishma navbatchisining ko'rsatmalariga amal qilishi, yaqinlashib kelayotgan poezd (lokomotiv, drezina) yo'qligiga ishonch hosil qilishi shart.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn ikkinchi xatboshisiga asosan: 1.10 — toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.
Izoh: YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.
Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandi: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar oʻtish joylaridan, shuningdek, yer osti va yer usti o'tish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yoʻllardan yo'lning ikki tomoni yaxshi koʻrinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tish ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 1-bo'limi: 1.1, 1.2, 1.5 — 1.32 ogohlantiruvchi belgilari aholi punktlarida xavfli joydan 50 — 100 metr, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr oldin o'rnatiladi. Zaruriyat boʻlganda, bu belgilar 7.1.1 qoʻshimcha axborot belgisida ko'rsatilgan boshqa masofada ham o'rnatilishi mumkin.

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo'nalishidan qat'iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining uchinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqarida: yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan; shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan; boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar ruxsat etilgan to'liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan; tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanish ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻn uchinchi xatboshisiga asosan: 3.11. «Vazn cheklangan». Haqiqiy umumiy vazni belgida ko'rsatilganidan ortiq boʻlgan transport vositalarining, shuningdek transport vositalari tarkiblarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandiga asosan: Yo'lovchilarga: harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak. YHQ 26-bobi 159-bandiga asosan: odam soni transport vositasining texnik tavsifnomasida ko'zda tutilgan miqdordan ortiq bo'lganda. YHQ 26-bobi 154-bandiga asosan: Yuk avtomobilining yukxonasida, shuningdek shaharlararo, sayyohlik, ekskursiya yoki tog'li yoʻnalishlarda va bolalar guruhini tashkiliy tashishda tashilayotgan odamlar soni o'tirish uchun jihozlangan o'rindiqlar sonidan oshmasligi kerak.
Izoh: YHQ umumiy qoidalar: tartibga soluvchi — o'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi o'rinlarda — DYHXX), harbiy avtomobil nazorati organlari xodimi, o'z xizmat vazifalarini bajarayotgan, ushbu Qoidalarda ko'zda tutilgan ishoralar yordamida yo'l harakatini tartibga solish vakolatiga ega bo'lgan va uni bevosita amalga oshirayotgan yo'ldan foydalanish xizmati xodimlari, temir yo'l kesishmasi va sol kechuvlaridagi navbatchilar hamda jamoatchilik vakillari. Tartibga soluvchi maxsus kiyim va (yoki) taniqlik belgisi (qo'l bog'ichi, jezl, qizil ishorali yorug'lik qaytargich, qizil chiroq yoki bayroqcha)ga ega bo'lishi shart;
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining o'ttiz toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: Ko'chma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yo'l belgilari va chiziqlar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo'l belgilariga amal qilishlari kerak.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻ'limining qirq oltinchi xatboshisiga asosan: 5.28. «Kilometr belgisi». Yoʻlning boshi yoki oxirigacha bo'lgan masofani bildiradi. (km).
Izoh: Inersiya (markazdan qochirma) kuchi avtomobilning burilish bo'ylab harakatida vujudga keladi. Bu holda u burilish markazidan qarama-qarshi yo'nalish tomon yo'naltirilgan va harakat tezligi kattalashishi hamda burilish radiusi kamayishi bilan ko'payadi.

Izoh: YHQ 14-bobi 96-bandiga asosan: Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yo'lning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandiga asosan: piyodalar o'tish joylarida va ulardan oldin 10 metrdan kam masofa qolganda; qatnov qismi kesishmalarida va kesishayotgan qatnov qismi chetiga 30 metrdan kam masofada (uch tomonlama kesishadigan chorrahalarda yondan tutashgan yo'lning sidirg'a chiziq yoki ajratuvchi mintaqa bilan ajratilgan qarama-qarshi tomoni bundan mustasno).
Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.
Izoh: YHQ 3-ilovasi 5-bo'limining 5.7.-bandiga asosan: 5.7. М1, M2, МЗ toifalarni 1 klassidagi avtotransport vositalarini oldingi oʻqiga, МЗ toifani 2 va 3 klassidagi avtotransport vositalarini oʻrta va orqa oʻqlariga ikkinchi ta'mirlash klassi bo'yicha qayta tiklangan shinalar oʻrnatilgan bo'lsa foydalanish taqiqlanadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.6. «Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri».

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-boʻlimining to'rtinchi xatboshisiga asosan: 5.3. «Avtomobillar uchun mo'ljallangan yo'l». Faqat avtomobillar, avtobus hamda mototsikllar, elektromototsiklar, mopedlar va skuterlarning harakatlanishi uchun mo'ljallangan yo'lni bildiradi.

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan: Yo'lning 1.13 ма 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻn birinchi, o'ttiz oltinchi va oʻttiz yettinchi xatboshlariga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi; Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo'nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o'chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig'idan o'ngga qayta tizilishlari kerak. Reversiv svetofor o'chirilgan bo'lsa, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 4-bobi 15-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Trotuar, piyodalar yo'lkasi, yo'l yoqasi boʻlmasa yoki ulardan yurishning imkoniyati boʻlmagan hollarda piyodalar velosiped yo'lkasidan yoki qatnov qismining chetidan (ajratuvchi boʻlagi bor yoʻllarda qatnov qismining tashqi chetidan) bir qator bo'lib yurishlari mumkin.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining beshinchi xatboshisiga asosan: 7.2.1. «Ta'sir oralig'i». Ogohlantiruvchi belgilar bilan belgilangan xavfli joyning uzunligini yoki taqiqlovchi va axborot-ko'rsatkich belgilarining ta'sir oraligʻini koʻrsatadi.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining to'rtinchi xatboshisiga asosan: 3.3. «Mexanik transport vositalarining harakatlanishi taqiqlangan». YHQ 1-bobi 6-bandining o'n beshinchi xatboshisiga asosan: Mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi (mopeddan tashqari). Bu atama barcha traktor va o'ziyurar moslamalarga ham taalluqlidir.
Izoh: YHQ 5-bobi 23-bandiga asosan: Yo'lovchilar transport vositasiga Faqatu toʻla to'xtagandan soʻng trotuar yoki yo'l yoqasi tomondan chiqishga va tushishga majburdirlar. Yo'lovchilarning transport vositalaridan trotuar yoki yoʻl yoqasi tomondan tushishi yoki ularga chiqishining iloji bo'lmagan hollarda, agar bu harakat xavf tug'dirmasa yoki boshqa yoʻl harakati qatnashchilariga xalaqit bermasa yo'lning qatnov qismi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Izoh: YHQ 1-ilovasi 13-bob. To'xtash va toʻxtab turish: Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. 7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.
Izoh: YHQ 9-bobi 58-bandiga asosan: Agar transport vositasi o'zining gabaritlari (eng katta tashqi oʻlchamlari) yoki boshqa sabablarga ko'ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta'minlagan holda, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qo'yiladi. 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.

Izoh: YHQ 1-ilova 2.7 bandi: 2.7 «Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz». Yoʻlning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.
Izoh: YHQ 9-bobi 60-bandiga asosan: Transport vositalarining harakat yo'nalishlari kesishadigan va o'tish navbati Qoidalarda nazarda tutilmagan hollarda haydovchi oʻng tomondan yaqinlashib kelayotgan transport vositasiga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandi: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.
Izoh: YHQ 2 ilova: 1.21 («STOP» — To'xtang! yozuvi) — 2.5 belgisi bilan birga qo'llanilganda haydovchini 1.12 chizig'iga yaqinlashayotganligi haqida ogohlantiradi.

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Harakatlanish bo'lagi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng bo'lgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama bo'lagi.

Izoh: YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.5 «Bir tomonlama harakatli yoʻl». Transport vositalari butun kenglik bo'yicha bir yoʻnalishda harakatlanadigan yoʻl yoki qatnov qismini bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.16. «Nam qoplama». Belgi qatnov qismining qoplamasi nam boʻlgan vaqtda ta'sir etishini koʻrsatadi.
Izoh: Rul chambaragini zudlik bilan sirpanayotgan tomonga burish va tezda avtomobilni harakat yo'nalishini to'g'irlab olish.

Izoh: YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi to'satdan to'xtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli to'xtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida o'z vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

Izoh: YHQ 10-bobi 73-bandi: Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganida to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani, shuningdek yo'l harakati xavfsizligini ta'minlaydigan yonlama oraliq masofani saqlashi kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova 1.6. yoʻl belgisi «Teng ahamiyatli yoʻllar kesishuvi». YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.2, 1.5 — 1.8 chiziqlarini istalgan tomondan bosib o'tish mumkin.
Izoh: YHQ 7-bobi 43-bandi: Svetofor ishoralari imtiyoz belgilari talablariga zid kelgan hollarda haydovchilar svetofor ishoralariga amal qilishlari kerak.
Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.10.2, 5.10.3. «Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqish».

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandi: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar boʻsh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 3-bobi 13-bandi: Yoʻl-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi; YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.
Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandi: Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. 1 ilova: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.
Izoh: Avtomobilning og'irlik markazi qanchalik past va simmetrik bo'lsa, u shunchalik barqaror bo'ladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.6. «Piyodalar yo'lkasi». Faqat piyodalar yurishiga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.2. «Harakatlanish oʻngga».
Izoh: Tormoz yo'li uzayadi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.17.2. «Xavf-xatar». Yo'l-transport hodisasi yoki boshqa xavfli vaziyatlar tufayli, istisnosiz, barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.
Izoh: Burilishdan oldin tezlikni kamaytirish, kerak bo'lsa uzatmalar pog'onasini pasaytirish, burilishdan o'tayotganda tezlikni oshirmaslik va avtomobilni keskin tormozlamaslik.

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 18-bobi 118-bandi: Temir yoʻl kesishmasiga quyidagi hollarda kirish taqiqlanadi: kesishmadan keyin hosil boʻlgan tirbandlik tufayli haydovchi kesishmada to'xtashga majbur bo'ladigan hollarda.

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak.
Izoh: Aslidagidan sekin harakatlanayotganga o'xshaydi.
Izoh: YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.
Izoh: Yo'lning yopiq qismidan ochiq qismiga o'tganda.
Izoh: Joydan qo'zg'alayotgan vaqtda katta inersiya kuchi vujudga keladi va uni bartaraf qilish uchun yetaklovchi g'ildiraklarga katta tortish kuchini qo'shish lozim. Gorizontal yoʻlda katta bo'lmagan tezlikda bir tekis harakat paytida qarshilik kuchi katta emas va uni bartaraf qilish uchun kamroq bortish kuchi yetarli. Koʻproq tortilganda boshqaruvchi g'ildiraklar o'rnidan jilmay aylanadi.

Izoh: YHQ 1-ilova: А va Б belgilari 5.7.1, 5.7.2. «Bir tomonlama harakatli yo'lga chiqish», Harakatlanish bir tomonlama bo'lgan yo'lga yoki qatnov qismiga chiqishni bildiradi. В va Г belgilari 5.10.2, 5.10.3. «Yo'nalishli transport vositalari uchun bo'lagi bor yo'lga chiqish» ni bildiradi. Bunday belgilar chorraxalarda qayrilib olishni taqiqlamaydi.

Izoh: YHQ 9-bobi 53-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o'tish va aylanib o'tish) va to'xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yo'l harakati ishtirokchilarini harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak.
Izoh: Yomg'ir tomchilab boshlanganda tezlikni kamaytirishi va extiyotkorlik choralarini kurishi shart, chunki yoʻldagi chang va moy va rezina qoldiqlari va boshqalar yo'lda sirpanchiq qatlam xosil qilib, ishqalanish koefitsentini kamaytirib yuboradi.
Izoh: YHQ 1 ilova: 5.22. «Aholi punktining boshlanishi». Ushbu Qoidalarning aholi punktlarida harakatlanish tartibini belgilovchi talablariga amal qilinadigan joylarning nomi hamda uning boshlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.28. «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. Toʻxtab turish — transport vositasiga yo'lovchilarni chiqarish yoki tushirish, yuk ortish yoki tushirish bilan bog'liq bo'lmagan hollarda harakatini 10 daqiqadan ko'proq vaqtga atayin to'xtatish.
Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandi: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'naltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.
Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6 band: Yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanishi jarayonida roʻy bergan, fuqarolarning halok boʻlishiga yoki sog'lig'iga zarar yetishiga, transport vositalari, inshootlar, yuklarning shikastlanishi yoxud boshqa moddiy zarar yetishiga sabab bo'lgan hodisa.

Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.
Izoh: Suvda sirpanish kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlarida sodir bo'ladi bu holda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtomobilni dvigatel bilan tormozlash yaxshi samara beradi. Bahorgi, kuzgi yomg'irlar va suv toshgan yo'lning pastqam qismlarida harakatlanishda yuqoridagi usulda tomozlash tavsiya etiladi.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.
Izoh: Yoʻlning qiyalik qismlarida to'xtaganda mexanik uzatmali avtomobillarda toʻxtab turish tormozi bilan ushlab turish maqsadga muvofiq.

Izoh: YHQ, 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi».

Izoh: YHQ 1-ilova: 3.31. «Barcha cheklovlarning oxiri». 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26 — 3.30 belgilaridan bir nechtasiga bir vaqtda amal qiladigan oraliqlarning oxirini bildiradi.
Izoh: YHQ umumiy qoidalar 6 band: Piyodalar yo'lkasi — yoʻlning piyodalar harakatlanishi uchun mo'ljallangan va transport vositalari harakati taqiqlangan qismi.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Izoh: YHQ, 1-ilova: 4.5. «Velosiped yo'lkasi». Faqat velosiped va individual harakatlanish vositalarida harakatlanishga ruxsat etilishini bildiradi. Trotuar yoki piyodalar yo'lkasi bo'lmasa, velosiped yo'lkasidan piyodalar ham yurishlari mumkin.
Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Harakatlanish bo'lagi — avtomobillarning bir qator bo'lib harakatlanishi uchun yetarlicha keng boʻlgan, yoʻl chiziqlari bilan belgilangan yoki belgilanmagan yo'l qatnov qismining har qanday bo'ylama bo'lagi.

Izoh: YHQ 9-bobi 53-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlash, manyovr qilish (qayta tizilish, burilish, qayrilib olish, quvib o'tish va aylanib o'tish) va to'xtashdan oldin bajarilayotgan manyovr boshqa yo'l harakati ishtirokchilarini harakatlanishiga xavf tug'dirmasligi kerak.
Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Yo'l harakati xavfsizligini ta’minlash — yo'l-transport hodisalarining kelib chiqish sabablarini oldini olishga, ularning og'ir oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan faoliyat.
Izoh: YHQ 28-bobi 169-bandi: Chorrahadan tashqaridagi tartibga solinmagan velosiped yo'lkasi bilan yo'l kesishmasida velosiped va individual harakatlanish vositalari yo'lda harakatlanayotgan boshqa transport vositalariga yo'l berishlari kerak.
Izoh: YHQ 28-bobi 171-bandi: Hayvonlar yo'lda, asosan kunning yorug' vaqtida haydab borilishi kerak. Podachilar hayvonlarni mumkin qadar yo'lning o'ng chetida olib yurishlari kerak.
Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: majburiy to'xtash — texnik nuqson, tashilayotgan yuk, haydovchi va yo'lovchining holati, yo'ldagi biror to'siq tufayli xavf yuzaga kelganda yoxud ob-havo sharoitiga bog'liq holda transport vositasi harakatini to'xtatish. Haydovchining ushbu xatti-harakati oxirgi zarur chora bo'lib, qoidabuzarlik deb e’tirof etilmaydi.

Izoh: YHQ, 1.15. «Sirpanchiq yo'l». Yo'lning o'ta sirpanchiq bo'lgan qismini bildiradi.

Izoh: YHQ, 5.40. «Falokatli holatlar uchun kirish yo'li» belgisi.

Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.
Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandi: Sekinlashish bo'lagi bor bo'lgan yo'lda burilmoqchi bo'lgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.
Izoh: Suvda sirpanish kuchli yomg'ir, sel yoki suv toshgan yoʻl qismlarida sodir bo'ladi bu holda harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida avtomobilni dvigatel bilan tormozlash yaxshi samara beradi. Bahorgi, kuzgi yomg'irlar va suv toshgan yo'lning pastqam qismlarida harakatlanishda yuqoridagi usulda tomozlash tavsiya etiladi.

Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.
Izoh: YHQ 10-bobi 75-bandi: Agar biror to'siq sababli qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanish qiyin bo'lsa, to'siq o'z tomonida bo'lgan haydovchi yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ, 1.3. «Diqqat temir yo'l kesishmasini to'suvchi qurilma» belgisi.

Izoh: YHQ, 5.35. «Reversiv harakatlanish». Bir yoki bir necha tasmalarda harakatlanish yo'nalishi qarama-qarshi tomonga o'zgarishi mumkin bo'lgan yo'l qismining boshlanishini bildiradi.
Izoh: YHQ 23-bobi 137-bandi: Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida ko'zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o'rniga.
Izoh: To'xtash yo'li deb haydovchining biror bir xatarni sezib, to transport vositasini to'liq to'xtatgunga qadar bosib o'tilgan masofaga aytiladi. To'xtash yo'li o'z ichiga haydovchining reaksiya vaqtida, tormoz tizimining ishga tushish vaqtini va tormoz yo'lini o'z ichiga oladi.

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat’i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat’i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o'tish huquqiga ega bo'ladi.

Izoh: YHQ, 1.16. «Yo'l notekisligi» belgisi.
Izoh: Ogohlantiruvchi belgilar Imtiyoz belgilari Taqiqlovchi belgilar Buyuruvchi belgilar Axborot-ko'rsatgich belgilari Servis belgilari Qo'shimcha axborot belgilari
Izoh: Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e’tiborga olish kerak. To'g'ri yo'lda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.
Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.7. «Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz» belgisi. Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Izoh: YHQ, 1-ilova: 3.17.1. «Bojxona». Bojxona (tekshiruv maskani) oldida to'xtamasdan oʻtish taqiqlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ, 1-ilova: 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan».
Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Izoh: YHQ 16-bobi 106-bandi: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.
Izoh: Bunday holatda avtomobilni moment kuchlar burib yuborishga moyil bo'ladi, shuning uchun Avtomobilni tormozlamasdan yo'lning qatnov qismiga ohista ravon burish usulni qo'llang.

Izoh: YHQ, 1 ilova: 7.6.1. «Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.
Izoh: YHQ 14-bobi 96-bandi: Chapga yoki oʻngga burilayotgan haydovchi kesishayotgan yoʻlning qatnov qismidan o'tayotgan piyoda(lar)ga, shuningdek velosiped yo'lkasidan yo'lni kesib o'tayotgan velosipedchi(lar)ga va individual harakatlanish vositalarini boshqarayotgan shaxs(lar)ga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 11-bobi 79-bandining birinchi xatboshisiga asosan, aholi punktlaridan tashqarida: yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Izoh: Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 5=ke*va^2/2gp bunda S - tormoz yo'li; ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishdan necha barobar kamligini koʻrsatuvchi tormozlanish samaradorligi koeffitsienti; va – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; р - shinaning yoʻl bilan tishlashish koeffitsienti. Ushbu formuladan ko'rinadiki, tormoz yo'lining kattaligi tormozlanishdan avval harakatlanayotgan avtomobil tezligi kvadratiga nisbatan mutanosibdir. Shu bois harakat tezligi ikki barobar ko'paysa, tormoz yo'li toʻrt barobar ko'payadi.
Izoh: YHQ 27-bobi 164-bandining birinchi xatboshisiga asosan: O'ta og'ir, katta o'lchamli va xavfli yuklarni tashishda gabarit oʻlchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo'yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi boʻyicha yo'l sathidan 4 metrdan, uzunligi boʻyicha yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, tirkama uchun — 12 metrdan, yarimtirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan, tirkamali avtopoezd uchun — 20 metrdan ortiq boʻlgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi belgilangan tartibda DYHXX bilan kelishilgan bo'lishi kerak.
Izoh: YHQ 23-bobi 137-bandi: Quyidagi hollarda tumanga qarshi fara chiroqlaridan foydalanish mumkin: yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda alohida, shuningdek, uzoqni yorituvchi yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan; sutkaning qorong'i vaqtida yo'lning yoritilmagan qismlarida uzoqni yoki yaqinni yorituvchi fara chiroqlari bilan birga; ushbu Qoidalarning 138-bandida ko'zda tutilgan holatlarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari o'rniga.

Izoh: YHQ, 2.4. «Yo'l bering» belgisi. 2.5. «Tuxtamasdan harakatlanish taqiqlangan» belgisi.
Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Yo'l harakati xavfsizligi — yo'l harakati qatnashchilarining yo'l-transport hodisalari va ularning oqibatlaridan himoyalanganlik darajasini aks ettiruvchi yo'l harakati holati.

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandi: Yo'lga chiqish joyida tezlashish bo'lagi bo'lsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni bo'lakda harakatlanayotgan transport vositalariga yo'l berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.
Izoh: Bunday holatda avtomobilni moment kuchlar burib yuborishga moyil bo'ladi, shuning uchun uchinchi javobdagi usulni qo'llang.

Izoh: YHQ, 1.31. «Sun’iy yo'l notekisligi» belgisi.

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandi: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yoʻnalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yo'l berishi kerak.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.32. «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan».

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.28. «Toʻxtab turish taqiqlangan». Transport vositalarining toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: qatnov qismi — yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanishi uchun mo'ljallangan qismi.
Izoh: YHQ 3 ilova: 2.1. Boshqaruv qurilmasidagi lyuft yig'indisi reglament (qat’iy belgilangan) sharoitlardagi sinovlarda quyidagi ko'rsatkichdan katta bo'lmasligi kerak: Transport vositasining toifasi Yo'l qo'yilgan lyuft ko'rsatgichi (gradusda) M1 - 10% M2, M3, N1 - 20% N2, N3 - 25%.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.1. «Ikkinchi darajali yo'l bilan kesishuv».

Izoh: YHQ 5.19.1 — 5.19.3. «Oxiri berk yo'l». Yo'lning ko'rsatilgan yo'nalishda oxiri berkligini bildiradi.

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.1.3, 7.1.4. «Ob'ektgacha bo'lgan masofa». Yo'ldan chetda joylashgan manzilgacha bo'lgan masofani bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.2, 2.3.3. «Ikkinchi darajali yo'l bilan tutashuv». 2.3.2 — tutashuv o'ngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo'l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o'rnatiladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.6.1. «Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.
Izoh: Bunday holatda avtomobilni moment kuchlar burib yuborishga moyil bo'ladi, shuning uchun ikkinchi javobdagi usulni qo'llang.

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.11.1, 1.11.2. «Xavfli burilishi». 1.11.1 — o'ngga, 1.11.2 — chapga yo'l belgilari yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

Izoh: YHQ 2 ilova: 2.5 — yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradi.
Izoh: Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e'tiborga olish kerak. To'g'ri yoʻlda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. YHQ 1 ilova: 2.7. «Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz» belgisi. Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.31. «Sun’iy yo'l notekisligi». Yo'lning sun’iy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo'llaniladi.

Izoh: YHQ, 1 ilova: 1.34. «Diqqat, boshqariladigan to'siq». Ushbu yo'l belgisi boshqariladigan to'suvchi qurilmasiga yetmasdan o'rnatiladi va transport vositalari haydovchilarini oldinda to'suvchi qurilma borligi haqida ogohlantiradi.
Izoh: YHQ 4-bobi 19-bandi: Piyodalar toʻxtab turgan avtobus va trolleybusning orqa tomonidan, tramvayning esa oldi tomonidan yo'lni kesib o'tishlari shart.

Izoh: YHQ, 1 ilova 3.32: «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan».
Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Qatnov qismi — yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi.
Izoh: YHQ 10-bobi 64-bandi: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko'tarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yo'nalishli transport vositalarining to'xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan deb hisoblanadi.

Izoh: YHQ 13-bobi 95-bandi: Transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanib ketishini yoki o'zi yo'qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina haydovchi o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. Qiyalikda avtomobilni nazarda tutilmagan g'ildirab ketishini oldini olish uchun avtomobil g'ildiraklarini nishablik tomon yo'l cheti tosh bordyurga burib tirab qo'yish (A) va aksincha orqaga g'ildirab ketishni oldini olish uchun oldingi g'ildiraklarni orqa tomoni tosh bordyurga taqab qo'yish (B) avtomobilni joyidan qo'zg'almaslikni qo'shimcha choralari bo'lib xizmat qiladi.

Izoh: YHQ 1-ilovaning quyidagi bandlar: 5.10.2, 5.10.3. «Yunalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqishi». 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.
Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandi: Yo'lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish); harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.
Izoh: Ushbu holatda Siz yo'lning sirpanchiq qismidan harakatlanish yo'nalishi va tezligini o'zgartirmasdan ehtiyotkorlik bilan oʻtib ketishingiz lozim boʻladi.
Izoh: YHQ 20-bobi 126-bandi: Turar joy dahalaridan chiqishda haydovchilar boshqa harakat qatnashchilariga yoʻl berishlari kerak.
Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandi: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yoʻl o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yoʻl kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib oʻtayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta'sir oralig'ida.

Izoh: YHQ 1 ilova 7.12: «Xavfli yo'l yoqasi». Yo'l ishlari bajarilayotgani sababli yoʻl yoqasiga chiqish xavfli ekanligi haqida ogohlantiradi. 1.23 belgisi bilan qo'llaniladi.

Izoh: YHQ 1 ilova: 3.27. belgisi yo'lalishsiz yengil taksilarga yo'lovchilarni tushurish-chiqarish (yuklarni ortish-tushurish) vaqtida ta'sir qilmaydi; Ushbu Qoidalarning 176-bandiga binoan «Nogiron» tanish belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 belgi boʻlganda 3.27 belgisining ta'sir doirasida toʻxtashga ruxsat etiladi. 3.28 — 3.30 belgilarining taksometri ishlab turgan taksilarga taalluqli emas.
Izoh: YHQ 4-bobi 16-bandi: Bolalar guruhini trotuarlar va piyodalar yo'lkalaridangina, ular boʻlmaganda esa yo'l yoqasidan faqat sutkaning yorug' vaqtida va katta yoshdagilar kuzatuvida olib yurishga ruxsat etiladi.

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.28 — taqiqlovchi yo'l belgilarini takrorlovchi yo'l chizig'i.
Izoh: YHQ 20-bobi 123-bandi: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.