Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Asosiy yo'l — tuproqli yoki shag'alli yoʻlga nisbatan qattiq qoplamali (asfalt va sement-betonli va shunga o'xshashlar yotqizilgan), kesishayotgan yoki tutashgan yoʻlga nisbatan 2.1, 2.3.1— 2.3.3 yoki 5.1 yo'l belgilari bilan belgilangan yoxud yondosh hududdan chiqadigan yoʻlga nisbatan har qanday yoʻl. Ikkinchi darajali yoʻlning bevosita chorrahaga tutash qismining qoplamali bo'lishi uni asosiy yoʻl bilan teng huquqli qilmaydi.