
Izoh: YHQ 1 ilova: 5.8.1. “Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi”. Tasmalar soni va har biri bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishlari. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. 5.8.2. “Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi”. Tasma bo'yicha ruxsat etilgan harakatlanish yo'nalishi. Boshqa yo'nalishlar bo'yicha harakatlanish taqiqlanadi. Yo'lning chetki chap bo'lagidan chapga burilishga ruxsat beruvchi 5.8.1 va 5.8.2 belgilari shu tasmadan qayrilishga ham ruxsat beradi.