❓ YHQ Savoli

Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida qancha masofa bo'lishi kerak?

Haydovchi o'zidan oldinda harakatlanayotgan transport vositasi keskin tormoz berganda, to'qnashib ketmaslik kafolatini beradigan darajadagi oraliq masofani.
5 metr
Ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.
3 metr

Izoh: YHQ 10-bobi 74-bandi: Aholi yashash joylaridan tashqaridagi ikki tomonlama harakat tashkil etilgan ikki tasmali yo'llarda tezligini soatiga 50 kilometrdan oshirishi mumkin bo'lmagan, shuningdek, uzunligi 7 metrdan ortiq bo'lgan transport vositalarining (transport vositalarining tarkibi) haydovchilari o'zi va oldida harakatlanayotgan transport vositasi orasida, ularni quvib o'tayotgan transport vositalari oldin egallagan qatoriga bemalol qayta tizilishi uchun imkon beradigan masofani saqlashlari kerak.