Izoh: YHQ 2-bobi 7-bandi: Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari yoxud konsullik muassasalari tomonidan berilgan biometrik pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi yonida bo'lgan haydovchilarning: haydovchilik guvohnomasi; transport vositasini ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi guvohnomasi; transport vositasiga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlari; avtotransport vositasi oynalarining tusini o'zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma; transport vositasining texnik ko'rikdan o'tganligi to'g'risidagi maʼlumotni; transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi planshet orqali tekshiriladi (planshetda aniqlash imkoni bo'lmagan hamda favqulodda holatlar bundan mustasno).
❓ YHQ Savoli