
Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Transport vositalariga yo'lning oʻng tomoni yoqasida, u bo'lmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko'rsatilgan hollarda trotuarda toʻxtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan ko'p boʻlgan yuk avtomobillari bir tomonlama harakatli yoʻllarning chap tomonida faqat yuk ortish va tushirish uchun to'xtashlari mumkin. YHQ 13-bobi 89-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalarini yo'lning qatnov qismida bir qator qilib, qatnov qismi chetiga parallel ravishda kajavasi bo'lmagan ikki gʻildirakli transport vositalarini ikki qator qilib qo'yishga ruxsat etiladi.