Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandiga asosan, quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: aholi yashash joylarida yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek haydovchi transport vositasining chiroqlarini vaqt-vaqti bilan oʻchirib bunga zaruriyat borligini bildirgan hollarda undan ham koʻproq masofada; qarama-qarshi va bir yoʻnalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.
❓ YHQ Savoli