❓ YHQ Savoli

Piyodalar o'tish joyi bo'lmaganda piyodalarga yo'l qatnov qismining qaysi joyidan kesib o'tishga ruxsat etiladi?

Chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yo'l yoqasi bo'ylab
Ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida
Barcha sanab o'tilgan joylardan

Izoh: YHQ 4-bobi 17-bandiga asosan: Piyodalar yoʻlning qatnov qismini piyodalar o'tish joylaridan, shuningdek yer osti va yer usti oʻtish joylaridan, ular bo'lmaganda esa chorrahalarda trotuar chiziqlari yoki yoʻl yoqasi bo'ylab kesib o'tishlari kerak. Piyodalarga ko'rinadigan oraliqda o'tish joyi yoki chorraha boʻlmasa, ajratuvchi mintaqasiz va to'siqsiz yo'llardan yo'lning ikki tomoni yaxshi ko'rinadigan joyidan, qatnov qismining chetiga nisbatan to'g'ri burchak ostida kesib o'tishlariga ruxsat etiladi.