
Izoh: YHQ 13-bobi 88-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Transport vositalariga yoʻlning oʻng tomoni yoqasida, u boʻlmaganda esa qatnov qismining chetida va ushbu Qoidalarning 89-bandida ko'rsatilgan hollarda trotuarda to'xtash va toʻxtab turishga ruxsat etiladi. Aholi punktlarida o'rtada tramvay yo'li bo'lmagan, har yo'nalishda bittadan tasmasi bo'lgan, shuningdek bir tomonlama harakat tashkil etilgan yo'llarda yo'lning chap tomonida to'xtash va to'xtab turishga ruxsat etiladi.