❓ YHQ Savoli

Yuk transport vositasiga shunday joylashtirilishi kerakki, u:

Transport vositasining orqa o'lchamidan 0,8 metrdan ortiq chiqib turmasligi kerak
Yukxona devorlaridan baland chiqmasligi kerak
Shovqin hosil qilmasligi, chang ko'tarmasligi va atrof-muhitni ifloslantirmasligi kerak

Izoh: YHQ 27-bobi 162-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo'l qo'yiladi: shovqin solmasa, chang ko'tarmasa, yoʻlni va atrof-muhitni iflos qilmasa.