❓ YHQ Savoli

Avtomobilning qaysi g'ildiraklari «sirpanib» tormozlanishga koʻproq moyil?

Oldingi g'ildiraklar
Orqa g'ildiraklar

Izoh: Inersiya kuchi ta'siri ostida tormozlash vaqtida о'qlarga tushadigan og'irlik qayta taqsimlanishi roʻy beradi. Old o'qqa nisbatan og'irlik ko'payadi, orqa oʻqqa nisbatan kamayadi. Tormozlash sur'ati qanchalik baland bo'lsa, o'qlarga tushadigan og'irlik qayta taqsimlanishi sezilarliroq bo'ladi. Orqa o'qdan og'irlik kamayishi bilan g'ildirakni yoʻlga bosuvchi kuch kamayadi, shu sababli g'ildirakning sirgʻanishi (aylanmasdan siljishi) va avtomobilning surilib ketishi ehtimoli yuzaga keladi. Old oʻqda og'irlik koʻpayishi g'ildirakni yoʻlga bosish kuchini ko'paytiradi, shu sababli, sirg'alish ehtimoli kamayadi.