❓ YHQ Savoli

Reversiv svetoforlar bo'lmaganda yoki ular o'chirib qo'yilganda ikkitali uzuq uzuq chiziqni kesib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 3 rasmi
Istalgan tomondan ruxsat etiladi
Agar u haydovchining o'ng tomonida bo'lsa, ruxsat etiladi
Agar u haydovchining chap tomonida bo'lsa, ruxsat etiladi
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining o'n birinchi va o'ttiz oltinchi xatboshlariga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yoʻnalishdagi transport oqimini ajratadi. Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo'nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o'chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig'idan o'ngga qayta tizilishlari kerak.