❓ YHQ Savoli

Chorrahani ikkinchi bo'lib kim kesib o'tadi?

Savol 4 rasmi
Qizil avtomobil
Ko'k avtomobil
Yashil avtomobil
Sariq avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yoʻlning yoʻnalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar oʻzaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yo'llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o'zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.