❓ YHQ Savoli

Burilish vaqtida qatnov qismining kesishmasidan chiqishda transport vositasi qayerda bo'lmasligi kerak?

Chap tasmada, agar o'ng tasma bo'sh bo'lsa
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan faqat yuk avtomobillariga bir yo'nalishda harakatlanishi uchun ikkita tasma bo'lsa, chap tasmada
Agar bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam bo'lmagan tasma bo'lganda, chap tasmada
Qarama-qarshi harakat tomonida

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yoʻnalishdagi harakat tomoniga o'tib ketmasligi kerak.