
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining uchinchi xatboshisiga asosan: 1.1 — qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi; yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi. YHQ 13-bobi 91-bandining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: bekat maydonchalarida, yo'nalishli transport vositalari to'xtash joylarida, jumladan, 1.17 chizigʻi bilan belgilangan, ular bo'lmaganda esa yo'nalishli transport vositalari to'xtash joyi belgilari va bekatdan harakatlanish yoʻnalishi bo'ylab (yetmasdan va o'tib ketib) 15 metrdan kam masofada to'xtash taqiqlanadi.