
Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oltinchi, o'n ikkinchi va yigirma birinchi xatboshlariga asosan: 1.4 — to'xtash taqiqlangan joyni bildiradi. Yakka holda yoki 3.27 «To'xtash taqiqlangan» yoʻl belgisi bilan qoʻllaniladi hamda yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi to'siq ustidan chiziladi. 1.10 — to'xtab turish taqiqlangan joyni bildiradi. yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qoʻllaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yoʻl chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi. 1.17 — yo'nalishli transport vositalarining bekatlari hamda taksilarning to'xtab turish joylarini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining oʻttiz sakkizinchi xatboshisiga asosan: 3.27 belgisiga amal qilish yo'nalishli transport vositalariga ta'sir qilmaydi.