❓ YHQ Savoli

Reaksiya va diqqatni pasaytiruvchi dori darmonlar ta'sirida bo'lgan haydovchiga transport vositalarini boshqarishiga ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Agar haydovchining ishlagan davri 2 yildan ortiq bo'lsa, ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandining birinchi xatboshisiga asosan, haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini mastlik holatida (alkogol, giyohvand moddalar iste'mol qilgan va h. k.), sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida boshqarish.