❓ YHQ Savoli

Aholi punktlaridan tashqarida yo'lning qatnov qismida haydovchilar transport vositalarini qayerda harakatlantirishlari kerak?

Xohlagan tasma bo'ylab
Iloji boricha qatnov qismining o'ng chetiga yaqinroq joyda
Faqat o'ng tasma bo'ylab, chap tasmaga o'tish faqat chapga burish va burilib olish uchun ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar bo'sh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.