
Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 4.2.2. «To'siqni chapdan chetlab o'tish». To'siqni koʻrsatilgan yoʻnalish bo'yicha chetlab o'tishga ruxsat etilishini bildiradi. YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining o'ttiz toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: Ko'chma tirgakka oʻrnatilgan vaqtinchalik yoʻl belgilari va chiziqlar ma'no jihatidan bir-biriga zid kelsa, haydovchilar vaqtinchalik yo'l belgilariga amal qilishlari kerak.