
Izoh: YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining oʻn ikkinchi va o'n uchinchi xatboshlariga asosan: 7.4.1. «Transport vositasining turi». Belgining ta'siri joriy etilgan transport vositalari turini ko'rsatadi. 7.4.1 belgi bilan oʻrnatilgan yoʻl belgisining ta'siri yuk tashuvchi, shu jumladan, tirkamali, toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq boʻlgan transport vositalariga tatbiq etiladi.