❓ YHQ Savoli

Qayrilib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:

Sanab o'tilgan barcha hollarda
Ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida
Piyodalar o'tish joylarida va tunnellarda
Temir yo'l kesishmalarida
Loaqal bir yo'nalishda yo'l 100 metrdan kamroq ko'ringanda

Izoh: YHQ 9-bobi 62-bandiga asosan: Quyidagi joylarda qayrilib olish taqiqlanadi: piyodalarning o'tish joylarida; tunnellarda; ko'priklar, yo'l o'tkazgichlar, estakadalar va ularning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan bunday manyovrni bajarish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno); temir yo'l kesishmalarida; yo'lning ko'rinishi biror-bir yo'nalishda 100 metrdan kam bo'lgan joylarda.