❓ YHQ Savoli

Qaysi hollarda yo'lning harakatlanish bo'lagini ajratuvchi uzuq-uzuq chiziqni bosib o'tishingiz mumkin?

Barcha sanab o'tilgan hollarda
Yo'lda boshqa transport vositalari bo'lmasa
Faqat qayta tizilishda

Izoh: YHQ 10-bobi 70-bandi: Agar qatnov qismi yo'l chiziqlari bilan tasmalarga ajratilgan bo'lsa, transport vositalarining harakatlanishi qat'iy ravishda belgilangan tasmalarda amalga oshirilishi kerak. Faqat qayta tizilishda uzuq-uzuq chiziqlarni bosib o'tishga ruxsat etiladi.