
Izoh: YHQ 1 ilova 4.1.6. «Harakatlanish o'ngga yoki chapga». Faqat belgilarda ko'rsatilgan ko'rsatkichlar yo'nalishlarida harakatlanishga ruxsat etiladi. Chapga burilishga ruxsat beruvchi belgilar qayrilib olishga ham ruxsat beradi. (Muayyan kesishmada talab etilgan harakatlanish yo'nalishiga tegishli ko'rsatkichlarning shakli tushirilgan 4.1.1 — 4.1.6 belgilarini qo'llash mumkin). YHQ 9-bobi 56-bandi: Haydovchi, aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, o'ngga, chapga burilish yoki qayrilib olishdan oldin shu yo'nalishda harakatlanishi mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatini egallashi shart.