❓ YHQ Savoli

Kunning yorug' vaqtida aholi punktlarida quvib o'tilayotgan transport vositasi haydovchisining e’tiborini jalb qilish uchun mumkin:

Sanab o'tilganlarning barchasidan foydalanish
Faqat yaqinni yorituvchi chiroqni uzoqni yorituvchi chiroqqa qisqa muddat orasida o'tkazish bilan ishora berish
Tovush signalidan foydalanish
Faqat birgalikda yorug'lik ishoralari bilan birga tovush signallarini qo'llash

Izoh: YHQ 8-bobi 48-bandi: Tovushli ishoralar faqat quyidagi hollarda qo'llanilishi mumkin: aholi punktlaridan tashqarida boshqa haydovchilarni quvib o'tish haqida ogohlantirish uchun; zarur bo'lgan hollarda yo'l-transport hodisasining oldini olish uchun. Yuqorida ko'rsatilgan hollardan tashqari tovushli ishoralardan foydalanish taqiqlanadi. YHQ 8-bobi 49-bandi: Quvib o'tish haqida tovushli ishora o'rniga yoki u bilan birga fara chiroqlarini yoqib-o'chirib, ogohlantirish ishorasini ham berish mumkin.